Abdukarimxoʻja sulolasi — gʻijduvonlik qoʻgʻirchoqbozlar avlodi.
Shajarasi
Abdukarimxoʻja (1800—1870) — surnaychi va qoʻgʻirchoqboz; Siddiq kalon (1858—1940) — sozanda va maqomchi hofiz, qoʻgʻirchoqboz. Masxaraboz, qoʻgʻirchoqboz va nayrangbozlar toʻdasiga rahbarlik qilgan. Toʻdada Fayzi mextar, Shodi puchuq, Toʻxta nogʻorachi, Aziz muallaq, Hamro masxaraboz, Sayfiddin sherboz kabi sanʼatchilar ishlagan; Xolmurod bobo Siddiqov (1891—1967) — qoʻgʻirchoqboz. U „Polvon Kachal“, „Bichaxon“, „Usmaxon“ kabi qoʻgʻirchoqlarini oʻynatib kelgan. Anʼanaviy qoʻgʻirchoq teatrini hayotga yaqinlashtirishga, qoʻgʻirchoqlarning soʻzlari bilan harakatlarini uygʻunlashtirishga, tomoshalarning maroqli va taʼsirchan chiqishiga intilgan.
Manbalar
Turkum:Qoʻgʻirchoqbozlar