Novi-sad — Serbiyaning shim. qismidagi shahar. Dunay daryosi boʻyida. Voyevodina muxtor oʻlkasining maʼmuriy markazi. Aholisi 179,6 ming kishi (2000). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Yuk ortib-tushirish hajmi boʻyicha mamlakatda Belgraddan keyin 2-oʻrindagi daryo porti. N.-S. — yirik sanoat shahri. Mashinasozlik, kimyo, farmatsevtika, koʻn-teri, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Mamlakatdagi muhim qishloq xoʻjaligi rayonining markazi. Universitet, muzey, kartinalar galereyasi, kurort bor. Shaharda qishloq xoʻjaligi yarmarkalari oʻtkaziladi. XIV—XVIII asrlarda qurilgan meʼmoriy binolar saqlangan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Turkum:Serbiya shaharlari