Nyukasl — Avstraliyaning jan.sharqiy qismidagi shahar. Yangi Janubiy Uels shtatida. Tasman dengizi sohilidagi port. Aholisi 479,3 ming kishi (1999). Avstraliyadagi yirik koʻmir havzasi markazi. Qora metallurgiya, kemasozlik, avtomobilsozlik, kimyo sanoati korxonalari, universitet bor. Nyukasl porti orqali chetga koʻmir chiqariladi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari Turkum:Avstraliya shaharlari