Odam (), Odamato (shuningdek, Abulbashar yaʼni „insoniyat otasi“ deb ham ataladi) – islomga (shuningdek, iudaizm va xristianlikka) koʻra, Alloh tomonidan yaratilgan yer yuzidagi birinchi odam va inson zotining otasi. Qurʼonga koʻra, Alloh Odamatoni loydan oʻzining yerdagi oʻrinbosari (xalifa) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan.

Qurʼondagi qissa Islomda Odamato birinchi paygʻambar hisoblanadi. Qurʼonga koʻra. Alloh Odamatoga barcha narsalarning nomlarini oʻrgatib, bu bilan uni farishtalardan yuqori qoʻygab va farishtalarga Odamatoga bosh egib sajda qilishni buyurgan. Faqat Iblis sajda qilishdan bosh tortgab. Iblis takabburligi va sarkashligi tufayli jannatdan quvilgan. Odamato jufti haloli Momohavo bilan jannatda yashab, ularga barcha neʼmatlardan yeyishlikka ruxsat berilgab, faqatgina bir daraxtning mevasidan yeyish taqiqlangan boʻladi:

Iblis Odamato bilan Momohavoni aldab, taqiqlangan daraxt mevasini yediradi. Buning jazosi evaziga ular jannatdan chiqarilib, ularning avlodlari yerda yashashga va mehnat qilishga mahkum etiladi.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Qurʼondagi paygʻambarlar