Sobir Rahimovich Odilov (1-mart 1932-yil, — Toshkent — 2002-yil.18-iyul) — meʼmor, Odilov oʻzbek meʼmorligi va monumental sanʼatini rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan binokor (1967). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1955). Olmaliq shahri (1955—61) va Toshkent viloyati (1962—66) bosh meʼmori, Toshkent shahri bosh meʼmori (1970—84, 1990—91), „Oʻzbekdavlatqurilish“ qoʻmitasi raisi oʻrinbosari (1975—85; 1990 —91). Oʻzbekiston madaniyat yodgorliklarini taʼmirlash ilmiy tadqiqot va loyihalash institutida boʻlim mudiri (1986), direktori (1989). Toshkent shahri bosh plani va Andijon, Jizzax markaz loyihalari (1970, 1980) muallifi. Odilov rahbarligida 80 dan ortiq loyiha (maydon, turar joy, haykal va boshqalar) yaratilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:1-martda tugʻilganlar Turkum:1932-yilda tugʻilganlar Turkum:Toshkentda tugʻilganlar Turkum:18-iyulda vafot etganlar Turkum:2002-yilda vafot etganlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Kishilar Turkum:Oʻzbeklar Turkum:Arxitektura Turkum:Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchilari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:Toshkent meʼmorlarlari Turkum:Oʻzbekiston meʼmorlarlari Turkum:Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan quruvchilar Turkum:Oʻzbekiston shaharsozlari