Omolon — RF Magadan viloyati va Saxa (Yakutiya)dagi daryo. Kolimaning oʻng irmogʻi. Uz. 1114 km, havzasining maydoni 113 ming km². Kolima togʻligidan boshlanib, Yukagir yassitogʻligining sharqiy chekkasidan, quyi qismida Kolima pasttekisligidan oqib oʻtadi. Kor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Okt.da muzlab, mayda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoqlari: oʻngda — Molongda, Oloy, Oloychan; chapda — Kedon. Quyi oqimida yogʻoch oqiziladi. Shcherbakovo pristanidan quyilish joyigacha (600 km) kema qatnaydi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Rossiyadagi daryolar Turkum:Saxa Turkum:Viloyatlar Turkum:Havzalararo suv oʻtkazish