Dilshod Oripov (1977.20.7, Toshkent) – yunon-rum kurashi boʻyicha xalqaro miqyosdagi sport ustasi (1997), „Oʻzbekiston iftixori“ (2001). Toshkentdagi Respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtini tugatgan (1994). Oripov Oʻzbekiston (1995—2002), Osiyo (1997, Tehron) va jahon (2001, Patri) chempioni. Osiyo oʻyinlarida (2002, Pusan) kumush medalga sazovor boʻldi. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida oʻqiydi (2003)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston kurashchilari