OCHOA (Ochoa) Severo (24-sentyabr 1905-yil, Luarka, Ispaniya — 11-yanvar 1993-yil, Madras) — amerikalik biokimyogar, AQSH milliy Fanlar akademiyasi aʼzosi (1957), tibbiyot doktori. Madrid universitetini tugatgan (1929). 1940-yildan AQShda. Ilmiy faoliyati nuklein kislotalar (NK) biokimyosi, fotosintez mexanizmiga oid. Severo Ochoa genetik kodning maʼnosini ochib berib, NK bio-sintezi mexanizmini oʻrgangan. Polinukleotidfosforilaza fermentini ajratib olib tadqiq etgan. Nobel mukofoti laureati (1959, Kornberg bilan birga)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Kimyogarlar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:24-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:1905-yilda tugʻilganlar Turkum:1993-yilda vafot etganlar Turkum:11-yanvarda vafot etganlar Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari