Ohangaron (, , ) Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent viloyatidagi shahar. Tarix Ohangaron shahri Ohangaron qishlogʻi oʻrnida paydo boʻlgan, hududda asosan oʻzbeklar va tojiklar yashagan. (tojikcha. „Oxangaron“ — „Temirchilar“ deb tarjima qilingan)Bobomulloev: M. Andreev o tadjikax (k voprosu ob etnogeneze)..

Rasmiy ravishda Ohangaron aholi punkti 1960-yilda sement zavodi qurilishi boshlanishi munosabati bilan aholi punkti maqomini olgan. Shahar maqomini esa 1966-yilda berilgan. Viloyatga boʻysunuvchi shahar maqomiga ega.

Geografiya Ohangaron daryosi boʻyida Qurama togʻ tizmasining etaklarida joylashgan (daryoning boshqa nomi Angren). Dengiz sathidan oʻrtacha balandligi — 567 metr.

Infratuzilma Ohangaron Oʻzbekiston uchun katta sanoat ahamiyatiga ega. Toshkent-Angren temir yoʻl yoʻnalishida joylashgan.

Shaharda yirik korxonalar sement (1966-yil ochilgan), shifer zavodlari, temir-beton buyumlar zavodi, „Santexlit“ zavodi (1996-yilda yopilgan), asbest-sement va issiqlik izolyatsion mahsulotlar, qurilish materiallari va plastmassa buyumlari zavodlari, gʻisht ishlab chiqarish, rezina buyumlar, paxta iplari va kalava, oziq ovqatlar ishlab chiqarish kabi korxona va zavodlar bor

Shuningdek, yashash va obodonlashtirish infratuzilmasi — uylar, bolalar bogʻchalari, maktablar, mehmonxonalar, bank muassasalari va aviakassalar mavjud.

Manbalar

Havolalar

Ohangaron — Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi

Ohangaron — Katta sovet ensiklopediyasi

Turkum:Ohangaron tumani Turkum:Ohangaron Turkum:Toshkent viloyati shaharlari Turkum:Toshkent viloyatidagi aholi punktlari Turkum:Oʻzbekiston shaharlari