Palermo toshi - Qad. Misr yilnomalari oʻyib bitilgan diorit plita parchasi (43,5x25 sm). Qad. firʼavnlar sulolasigacha boʻlgan vaqtdan boshlab (miloddan avvalgi 4-ming yillik oxiri) bir qancha asrlarni qamrab olgan. Matn V sulola davrida (miloddan avvalgi 25 asr) tushirilgan. 1877-yildan Palermo (nomi shundan) muzeyida saqlanadi. Palermo toshi Qad. Misr xronologiyasi boʻyicha oʻta muhim manba boʻlib, firʼavnlarning iqtisodiy, qarbiy va liniy siyosati yuzasidan qimmatli maʼlumotlarni qamrab olganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar