Pechakdoshlar (Convolvulaceae) — ikki pallalilar sinfiga mansub oʻsimliklar oilasi. Koʻpincha chirmashib oʻsuvchi oʻt va butalardan iborat. Bargi ketma-ket joylashgan, guli ikki jinsli, karnaysimon, yakka yoki kichik toʻpgullarga yigʻilgan. Mevasi — koʻsakcha. 1100 tacha turi (40 turkumi) maʼlum. Asosan, tropik va subtropik rayonlarda tarqalgan. Oʻzbekistonda pechak va karnaygul koʻp tarqalgan. Manzarali oʻsimlik sifatida ekiladiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar