Pinsk — Belarusning Brest viloyatidagi shahar, Pina daryosining Pripyatga quyiladigan joyida. Temir yoʻl stansiyasi. Dare porti. Aholisi 132,6 ming kishi (1998). P.da yengil (trikotaj kombinati, sunʼiy charm, zigʻir tola zavodlari), yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari rivojlangan. Kema taʼmirlash, temir-beton buyumlari zavodlari ishlab turibdi. Belarus melioratsiya va suv xoʻjaligi ilmiy tadqiqot institutining Polesye kompleks boʻlimi, drama teatri, tarixiy-meʼmoriy qoʻriqxona mavjud. Shahar 1097-yildan maʼlum. 1318-yildan Litva va Polsha tarkibida, 1793— 1917-yillarda Rossiya imperiyasi, 1921— 39 yillarda Polsha tarkibida. Fran-siskan kostyoli (XVI asr boshlari), But-rimovich saroyi (XVIII asr) bor.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Turkum:Belarus shaharlari