Charles Sanders Peirce (1839-yil, 9-oktyabr, Kembrij, Massachusets shtati — 1914.19.4, Milford, Pensilvaniya shtati) — amerikalik faylasuf, mantikchi, matematik va tabiatshunos. Amerika fanlar va sanʼat akademiyasi (1877) hamda Milliy Fanlar akademiyasi (1879) aʼzosi. Garvard universitetini tugatgan (1859). Shu universitetda mantiq, tarix va falsafadan maʼruzalar oʻqigan. Peircega Dune Skot, Kant va Darvin qarashlari taʼsir koʻrsatgan. Peirce agnostitsizmni tanqid qildi, biroq bilimning ishonchliligini inkor etdi. U ilmiy bilim va fikrning shakllanishi, ishonchliligi va dalillar asosida isbotlanganligi masalasiga alohida ahamiyat berdi. Falsafaga pragmatizm tushunchasini kiritgan. Haqiqatning obʼyektivligini rad etib, chinlikni amaliy foydalilik bilan tenglashtirgan. Semiotika asoschisi. Matematik mantiqqa doir asarlar yozgan.Peirceni "AQSH ilmiy falsafasining otasi" deb hisoblaydilarOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Matematiklar Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:19-asr amerikalik olimlari Turkum:1839-yilda tugʻilganlar Turkum:1914-yilda vafot etganlar Turkum:10-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:14-aprelda vafot etganlar