Poytugʻ — Oʻzbekiston Respublikasi Andijon viloyati Izboskan tumanidagi shahar (1980 yildan). Tuman markazi (1935-yildan).Viloyat markazi (Andijon shahri)dan 12 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 48,9 ming kishini tashkil etadi (2021). Katta Farg'ona kanalidan suv oladi.

Toponimistlarning fikricha, shahar nomi „poy“ — quyi, etak va „tug'“ — to'g'on so'zlaridan vujudga kelgan (Mahmud Koshg'ariyda tug' — to'g'on). Shunga asoslanib, toponim „to'g'on tagi, to'g'on yoni“ bo'lishi mumkin.

Poytug'da tuman hokimiyati binosi, maʼmuriy tashkilotlar, ip yigiruv-to'quv, poyabzal, shoyi to'qish fabrikalari, paxta tozalash zavodi, non kombinati, viloyat taʼmirlash ishlab chiqarish korxonasi, avtostansiya, dehqon bozori, savdo, madaniy, maishiy xizmat ko'rsatish shoxobchalari bor. Umumiy taʼlim maktablari, litsey, 2 kasb-hunar maktabi, 5 kutubxona, madaniyat va istirohat bog'i, Xotira maydoni mavjud. Markaziy kasalxona, 3 poliklinika, tez tibbiy yordam bo'limi faoliyat ko'rsatadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Andijon viloyat shaharlari Turkum:Izboskan tumani