Poliuretanlar — makromolekulalarining asosiy zanjirida takrorlanuvchi uretan guruhi —OCONH— boʻlgan yuqori molekulali birikmalar. P. xossalariga kura poliamidlarga yaqin turadi. Glikollarni diizotsia-natlar bilan birgalikda bosqichsimon mexanizm boʻyicha polimerlab olinadi. P. kislotalar, mineral va organik moylar, benzin va oksidlovchilar taʼsiriga chidamli. P. penoplast, kauchuk, yelim, plyonka, korroziyabardosh qoplama, sintetik tola olishda qoʻllanadi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar