thumb Poseydon () – yunon mifologiyasida olimpiyalik xudolardan biri, Kronos va Reyaning oʻgʻli. Dunyoga hukmronlik qilishni akalari Zevs va Aid bilan boʻlishib olgan. Unga dengiz nasib qilgan. Qoʻlida uch tishli ayri bilan tasvirlangan, u ana shu ayri yordamida dengiz dovullarini hosil qilgan. Qadimgi Rim mifologiyasidagi Neptunga toʻgʻri keladi.

Adabiyotlar Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Turkum:Mifologik qahramonlar