Angliya-Fransiya-Isroilning Misrga qarshi agressiyasi (1956) — Suvaysh kanalini bosib olish maqsadida uyushtirilgan bosqinchilik. 29-oktyabrda Isroil qoʻshinlari Misr hududiga bostirib kirdi, 31-oktyabrda ingliz va fransuz qurolli kuchlari Misrni bombardimon qildi va 5-noyabrda Port-Said atrofiga qoʻshin tushirdi. Sobiq SSSR, AQSH va BMT tomonidan koʻrilgan ogohlantiruvchi chora-tadbirlar Buyuk Britaniya va Fransiyani 1956-yil dekabrda, Isroilni esa 1957-yil martda oʻz qoʻshinlarini Misrdan olib chiqib ketishga majbur qildiOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

Manbalar

Turkum:Misr tarixi