Psyol yoki Psel () — Rossiya Federatsiyasi va Ukraina hududlaridagi daryo. Dneprnit chap irmogʻi. Uzunligi 717 km, havzasining maydoni 22,8 ming km². Oʻrta Rossiya qirlaridan boshlanadi. Qordan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi quyilish joyidan 36 km da 55 m³/sek. Dekabrda muzlab, mart—aprelda muzdan boʻshaydi. Asosiy irmogʻi — Xorol (oʻngdan). Psel boʻyida Oboyan, Sumi, Gadyach shaharlari joylashgan.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

Turkum:Rossiyadagi daryolar Turkum:Ukrainadagi daryolar