Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov (1933-yil 23-noyabr, Namangan shahri, O‘zbekiston SSR, SSSR – 2018-yil 27-aprel, Toshkent, O‘zbekiston) – sovet va oʻzbek matematik olimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor (1969-yil), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi va Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademigi (1974-yil). Oʻzbekistonda differensial tenglamalar sohasidagi ilmiy maktab tashkilotchisi va rahbari. „Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti“ laureati (1974)Kompleks oʻzgaruvchining funksiyalari nazariyasi, T., 1970 (hamkorlikda); Uravneniya smeshannosostavnogo tipa, T., 1974; Matematik fizika tenglamalari, T., 2002.. 1974-yilda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi etib saylangan.

Mahmud Salohiddinov 1958–1959-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universitetining matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi, 1980–1986, 1993–1996-yillarda differensial tenglamalar kafedrasi mudiri, 1959–1967-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va 1959–1985-yillarda direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 1984–1985-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, keyinchalik 1988–1994-yillarda akademiya prezidenti, 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va 1994–1997-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizika-matematika fanlari boʻlimi raisi lavozimida ishlagan[⇨].

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlariga asosan „Oʻzbekiston fan arbobi“ faxriy unvoni, „O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i“, „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“, „Buyuk xizmatlari uchun“, „Fidokorona xizmatlari uchun“, „Mehnat shuhrati“ va „Hurmat Belgisi“ ordenlari bilan taqdirlangan[⇨].

Tarjimai holi Mahmud Salohiddinovich Salohiddinov 1933-yil 23-noyabrda Namangan shahrida tavallud topgan. Millati – oʻzbek. Dastlab oʻrta maʼlumotni Namangan shahridagi 4-umumtaʼlim maktabida olgan. 1950–1955-yillarda Oʻrta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) ning fizika-matematika fakultetida matematik analiz mutaxassisligi boʻyicha tahsil olgan. 1955–1958-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetida aspiranturani tamomlagan.thumb|250 px|Mahmud Salohiddinov qabri. Toshkent Yalangʻoch-2 qabristoni (27-aprel 2018-yil).

Faoliyati Mahmud Salohiddinov 1958–1959-yillarda Oʻrta Osiyo Davlat universitetining matematik analiz kafedrasida oʻqituvchi, 1980–1986, 1993–1996-yillarda differensial tenglamalar kafedrasi mudiri hamda 1959–1967-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida ilmiy xodim, boʻlim mudiri, ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari va 1959–1985-yillarda direktor lavozimida faoliyat yuritgan. 1984–1985-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, keyinchalik 1988–1994-yillarda akademiya prezidenti, 1985–1988-yillarda Oʻzbekiston Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri va 1994–1997-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi fizika-matematika fanlari boʻlimi raisi lavozimida ishlagan.

Shuningdek, olim Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining turli nashriyotlarida ham faoliyat yuritgan, jumladan, 1988–1997-yillarda „Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi maʼruzalari“, 1987–1988-yillarda „Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axboroti“, 1991–2013-yillarda „Oʻzbekiston matematika jurnali“ ilmiy jurnallari bosh muharriri va tahrir hayʼati aʼzosi boʻlgan.

1985-yildan 2000-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va parlamenti deputati sifatida faoliyat yuritgan.

Mahmud Salohiddinovning akademik rahbari Rossiya fanlar akademiyasining Matematika instituti rahbari A. V. Bitsadze boʻlgan. Olimning ilmiy-tadqiqot faoliyati asosan xususiy hosilali differensial tenglamalar va integral tenglamalarga oiddir. 1958-yilda fizika-matematika fanlari nomzodi, 1967-yilning may oyida „Aralash-qoʻshma tipdagi uchinchi tartibli tenglamalar nazariyasiga oid“ mavzusida doktorlik ilmiy ishini himoya qilib, fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 1976-yil differensial tenglamalar boʻyicha Bolgariya Fanlar akademiyasining Matematika institutiga maʼruzalar oʻqish uchun taklif qilingan. Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti qoshidagi Matematika institutidagi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi kengashining raisi, keyinchalik aʼzosi.

Xalqaro ilmiy va matematik kongresslarda hamda differensial tenglamalar boʻyicha oʻtkazilgan xalqaro simpozium va anjumanlarda ishtirok etgan. + Yillar Shaharlar 1966 Moskva 1970 Nice 1983 Varshava 1989 Pekin 1990 Kioto 1992 Tehron 1992, 1994 Istanbul 1976, 1985 Sofiya 1978 Ashxobod 1984 Samara1986, 1996, 2003, 2012Nalchik1992, 2000, 2007Novosibirsk1986, 1991Tbilisi1991, 2006, 2009Olmaota Davlat va ilmiy delegatsiyalar aʼzosi sifatida turli davlatlarga safarlar qilgan. +YillarDavlatlar1970Suriya1989Xitoy1987, 1990, 1991, 1992Hindiston1990Yaponiya1991, 1992, 1994Turkiya1992AQSh1992Eron1993Fransiya1993Chili1994, 2000, 2003, 2007, 2012Rossiya Olim 5 ta monografiya, 6 ta darslik, 6 ta oʻquv qoʻllanma hamda 236 ta ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.

Kitoblari

Darsliklari

Unvon va mukofotlari „Oʻzbekiston fan arbobi“ faxriy unvoni (1984-yil) „Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti“ laureati (1974-yil) „Buyuk xizmatlari uchun ordeni“ (2007-yil) „Fidokorona xizmatlari uchun ordeni“ (2017-yil) „Mehnat shuhrati ordeni“ (2003-yil) „Hurmat Belgisi“ ordeni (1976-yil) „Mustaqillik nishoni“ (1992-yil) Oʻzbekiston Respublikasining Faxriy yorligʻi „Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi“ (1976-yil) Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti ilmiy kengashi qaroriga asosan „Yuksak xizmatlari uchun“ belgisi bilan taqdirlangan (1992-yil)

Vafoti va xotirasi Mahmud Salohiddinov 2018-yil 27-aprel kuni 84 yoshida vafot etgan va Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Yalangʻoch-2 qabristoniga dafn etilgan. 2018-yil 22-noyabr kuni akademik Mahmud Salohiddinovning 85 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasida „Differensial tenglamalarning zamonaviy muammolari va ularning tadbiqlari“ mavzusida respublika ilmiy konferensiyasi oʻtkazilgan.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar 20px Mahmud Salohiddinov Facebook sahifasi

Turkum:Yalangʻoch-2 qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidentlari Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidentlari Turkum:Fizika-matematika fanlari doktorlari Turkum:Oʻzbekiston professorlari Turkum:Oʻzbekiston matematiklari