São Francisco yoki Rio São Francisco () — Braziliyadagi daryo. Ushbu daryo Braziliya yassitogʻligidan boshlanib, Atlantika okeaniga quyiladi. Uzunligi 2 914 km, havzasining maydoni esa 600 ming km². Quyi oqimida ostona va sharsharalar hosil qilgan. Oʻrtacha suv sarfi 3300 m³/soniya. Noyabr va may oylarida suvi koʻpayadi. Yuqori oqimida yirik suv omborlari, Paulu Afonsu sharsharasida GESlar qurilgan. Quyi oqimida kema qatnaydi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
Havolalar
Turkum:Braziliyadagi daryolar