Lutfulla Saʼdullayev (1940.18.12, Toshkent - 2022.10.04, Toshkent) — aktyor, rejissyor Oʻzbekiston xalq artisti (2001). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1965). 1963-yildan Yosh tomoshabinlar teatri aktyori. S. ijro etgan rollari inson qalbiga yaqin boʻlib, tomoshabinni oʻziga hamdard qila olishi, obrazlar harakteri, dunyoqarashi, qahramonlar ichki dunyosining rangbarangligi, boy va kengligi bilan ajralib turadi. Muso Jalil ("Muso Jalil"), Bunyod ("Semurgʻ"), Ibn Sino ("Donishmandning yoshligi"), Hamza ("Qaldirgochlar"), Qori ("Tobutdan tovush"), Shogʻulom ("Janjal"), Omon ("Shum bola"), Mirqosim ("Zaharli tomchilar"), Ibn Malʼun ("Ming bir kecha") kabi rollari bilan tanilgan. U koʻpgina telefilm, videofilm va telepostanovkalarda ham koʻplab rollar oʻynagan: Berdi ("Qismat"), Abdulla ("Odam boʻlish qiyin"), Alimardon Toʻrayev ("Bahor qaytmaydi"), Mahkam ("Uch ildiz") va boshqa Shuningdek, S. "Otalar soʻzi — aqlning koʻzi" koʻrsatuvining faol ishtirokchilaridan. Rej. sifatida ham ijod qilib, "Adashganlar" (T. Qozoqboyev), "Tinibtinchimas buvijon" (L. Saʼdullayev), "Gap yoʻq, qoʻzichoq" (S. Sirojiddinov), "Bolalar SHOU", "Zumrasha", "Rivoyat" (h. Nizomitdinov) kabi spektakllarni sahnalashtirgan. 2003-yil u kinorejissyor sifatida "Munis onam" filmini ekranlashtirdi.OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Oilasi
Turmush oʻrtogʻi "Gulchehra Saʼdullayeva" – aktrisa. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. katta qizi "Guliraʼno Saʼdullayeva (Maʼsudova) Lutfullayevna". o’g’li “Sarvar Sa’dullayev Lutfullaevich qizi "Muqaddas Saʼdullayeva (Mamadjanova) Lutfullayevna" – aktrisa. kuyovi "Fatxulla Maʼsudov" – kino va teatr aktyori. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist. kuyovi "Yigitali Mamadjanov” - kino aktyori. nabirasi “Gulnoza Ma’sudova (Axunbayeva) Fatxullaevna” nabirasi "Ulugʻbek Maʼsudov Fatxullayevich" nabirasi "Abdulloh Maʼsudov Fatxullayevich" nabirasi “Malika Sa’dul'''layeva (Sharipova) Sarvarovna” nabirasi “Abdurahim Sa’dullayev Sarvarovich” nabirasi "Saʼdiyaxon Mamadjanova Yigitalievna" nabirasi “Abubakr siddiq Mamadjanov Yigitalievich” nabirasi “Xadidja Mamadjanova Yigitalievna”
Filmografiya
«Hayot tunda oʻtib ketdi» (1968) «Караван» — Afzal (1973) «Дом под жарким солнцем» (1977) «Osmondagi bolalar» (2002) «Osmondagi bolalar-2» (2003) «Munis onam» 2003 «Fotima va Zuhra» — Homid aka (2005) «Sunami» — Toʻlqin aka (2006) «Jazo» (2007) «Amakivachchalar» (2008) «Achchiq hayot» (2009) «Qovun» (2012) «Sadoqat» (2015) «Bebahoginam» (2016) «Qismat» — Berdi «Odam boʻlish qiyin — Abdulla «Bahor qaytmaydi» — Alimardon Toʻrayev «Uch ildiz» — Mahkam «Mehribonginam» «Shaytanat» — Qilich Sulaymonov (1998-2001) «Otalar soʻzi — aqlning koʻzi»
Teatr
Rej. «Adashganlar» (T. Qozoqboyev) «Tinibtinchimas buvijon» (L. Saʼdullayev) «Gap yoʻq, qoʻzichoq» (S. Sirojiddinov) «Bolalar Shou» «Zumrasha» «Rivoyat» (H. Nizomiddinov)
Rol «Muso Jalil» ("Muso Jalil") «Bunyod» ("Semurgʻ") «Ibn Sino» ("Donishmandning yoshligi") «Hamza» ("Qaldirgochlar") «Qori» ("Tobutdan tovush") «Shogʻulom» ("Janjal") «Omon» ("Shum bola") «Mirqosim» ("Zaharli tomchilar") «Ibn Malʼun» ("Ming bir kecha")
Filmografiyasi + Film Yil Film Rol 2000 „Besh qismat“ Oʻgʻiloy 2006 „Sunami“ Muhabbat 2014 „Baxt ortidan“ 2014 „Taʼtildagi tomosha“ 2014 „Katta hovli“ 2015 „Sadoqat“ Pari 2015 „Seni deb“ 2015 „Telefon“ 2015 „Meni kechir“ 2015 „Aka“ 2015 „Qilmish qidirmish“ 2016 „Sharofatxonning kelinlari yoxud navroʻz muborak“ 2016 „Qizlarning jaxli chiqdi“ 2016 „Tanlovga yoʻl yoxud bolajonlar vaʼdasi“ 2016 „Bebahoginam“
+ Televideniye Yil Serial nomi Rol 2016 „Vijdon azobi“ 2016 „Doʻkonda“
+ Video Yil Nomi Rol 2014 „Muqaddas va Sanjarning sevgi tarixi“ Oʻzi
+ Kliplar Yil Qoʻshiqchi Ashula Rol 2014 Sharof Muqimov va Doniyor «Naziraxon» Naziraxon 2014 Anvar Sharipov «Yarim baxt» 2015 Qilichbek Madaliyev «Shahzodangni kut» 2015 Qilichbek Madaliyev «Yetardi» 2015 Otabek Mutalxoʻjayev «Qaley—qaley» Oʻzi 2015 Munisa Rizayeva «Sakramento» Talaba 2015 Shohjahon Joʻrayev «Chekka bir qishloq» 2016 Adham Soliyev «Borolmayman» 2016 Shahriyor «Izhor» Kumush 2016 Botir Qodirov «Senga nima boʻldi» 2016 Ziyoda «Jim»
+ Reklamalar Yil Reklama Qoʻshimcha maʼlumot Rol 2014 «Artel telefoni» 2015 «Qalampir.uz» Oʻzi 2015 «Qalampir.uz» Oʻzi 2015 «Lazzat Makon restorani» Oʻzi
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston rejissyorlari