Sulton Segizboyev (1899.15.7, hozirgi Oqqoʻrgʻon tumani — 1938.15.6) — siyosat va jamoat arbobi. Avval qishloq maktabida, soʻng Toshkent gimnaziyasida oʻqigan. Iqtisod fanlari boʻyicha professor (1930). Segizboyev 1916-yil Turkistondagi milliy ozodlik harakatida qatnashgan. 1918-yildan xoʻjalik sohasida rahbarlik lavozimlarida. Turkiston oʻlka "Qoʻshchi" tashkiloti masʼul kotibi (1921—22). Fargʻona viloyati partiya komiteti kotibi (1923), Turkiston KP MK tashkiliy boʻlimi mudiri, Toshkent uyezdi partiya komiteti kotibi (1924). Ukraina Starobelsk okrug partiya komiteti yoʻriqchisi (1925). 1925—30 yillarda Qizil professura instituti (Moskva)da oʻqigan, shu institut huzuridagi kechki universitet dekani. Butunittifoq qishloq xoʻjaligi akademiyasining Oʻrta Osiyo filiali va Paxtachilik instituti direktori, Oʻrta Osiyo universitetida kafedra mudiri (1930—31). VKP (b) Qozogʻiston oʻlka komitetida boʻlim mudiri (1932—36), Shimoliy Qozogʻiston viloyat partiya komiteti 1kotibi (1937). Oʻzbekiston XKS raisi, SSSR Oliy Soveti Ittifoq Soveti raisi oʻrinbosari (1937—38). Gazeta, jurnalarga muharrirlik qildi, iqtisod va tarixga oid koʻplab maqolalar yezdi. 1938-yil Toshkentda qamoqqa olinib, qatagʻon qilindi. Oʻlimidan soʻng oqlandi. Segizboyev xotirasi abadiylashtirilgan. Oqqoʻrgʻon tumanidagi shirkat xoʻjaliklari (2 ta), maktab, mahalla, koʻcha, Mirzachoʻl tumanidagi shirkat xoʻjaligi, Guliston shahridagi tibbiyot kolleji, Toshkent shahridagi koʻchalardan biri uning nomi bilan ataladi, Mirzachoʻl va Oqqoʻrgʻon tumanlarida Segizboyev byusti oʻrnatilganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Adabiyot Oʻzbekiston tarixi (1917—1991-yil), T., 2000; Muhiddinova F.P., Hasanov Q. Sulton Segizboyev, T., 1978.
Manbalar
Turkum:1899-yilda tugʻilganlar Turkum:1938-yilda vafot etganlar Turkum:15-iyunda vafot etganlar Turkum:Qizil Bayroq ordeni sohiblari
Turkum:Turkiston (viloyat)da tugʻilganlar Turkum:Moskvada vafot etganlar Turkum:Oʻzbekiston SSR hukumat rahbarlari Turkum:Oʻzbekiston inqilobchilari Turkum:Oʻzbekiston qozoqlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar