Sotim Ulugʻzoda (1911-yil, 9-noyabr, Chust – 1997, Dushanbe) – tojik yozuvchisi, dramaturg, adabiyotshunos. Tojikiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1951). Toshkent Oʻqituvchilar institutini tugatgan (1929). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvining birinchi kotibi (1944 —46). Ijodi 1930 -yildan boshlangan. „Oʻt ichida“ dramasi (1944)da xalqning fashizmga qarshi kurashi tasvirlangan. „Himmatli doʻstlar“ (1947), „Yoshligimiz tongi“ (1951) qissalari, „Izlovchilar“ komediyasi (1951) oila muammolari haqida. „Yashnagan diyor“ (1953) romani urushdan keyingi yillar qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirishga bagʻishlangan. Sotim Ulugʻzoda „Ibn Sino“ (1953), „Shoir qismati“ (1957), „Rudakiy“ (1958), „Vakila“ (1960) kinossenariylari, „Gavhari shamchiroq“ (1962) komediyasi, „Voseʼ“ romani (1967) muallifi. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

Manbalar

Adabiyotlar Yoshligimiz tongi [qissa], T., 1958; Voseʼ [roman], T., 1970.

Turkum:Namangan uyezdida tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha yozuvchilar Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Tojikistonlik yozuvchilar Turkum:Tojik tili yozuvchilari Turkum:Tojikistonlik tarjimonlar Turkum:Tojikistonlik ssenariychilar Turkum:Tojikistonlik dramaturglar Turkum:Tojikiston SSR xalq yozuvchilari Turkum:Mehnat Qizil Bayroq ordeni sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Vatan urushi 2-darajali ordeni sohiblari Turkum:Ulugʻ Vatan urushi qatnashchilari Turkum:Jangovar xizmatlari uchun medali sohiblari Turkum:Tojikiston Prezidentining I darajali „Yulduz“ ordeni sohiblari Turkum:Tojikiston SSR Fanlar akademiyasining muxbir aʼzolari Turkum:Luchob (Dushanbe) qabristoniga dafn etilganlar Turkum:Sovet yozuvchilari Turkum:Adabiyotshunoslar