SULTON VALAD (Sultan Velet) Muhammad Bahouddin (1226, Qaraman — 1312, Koʻniya sh.) — turk shoiri. Jaloliddin Rumiyning oʻgʻli. Sufiylar orasida tarbiya olgan; oʻzi ham sufiylikning mavlaviya tariqati boshligʻi (shayx) boʻlgan. S.V.ning butun ijodi otasining hayoti, faoliyati va taʼlimotini ommalashtirishga bagʻishlangan. Forsiy sheʼrlar devoni va "Valadnoma" dostonining muallifi. Mazkur doston 3 ta mustaqil qismdan iborat: "Ibtidonoma", "Intihonoma" va "Rubobnoma". 1va 3qismlarda turk tilining koʻniya lahjasida yozilgan kattakatta parchalar ("saljuqona sheʼrlar") uchraydi. Bular kichik Osiyoda yaratilgan va sanasi aniq koʻrsatilgan (1301) dastlabki turkiycha sheʼrlardir. S.V.ning "Ilmnoma" risolasi ham bor.
Adabiyot Garbuzova B.C., Poetoʻ srednevekovoy Tursii, L., 1963.
Turkum:Hanafiylar Turkum:Moturidiylar Turkum:Turk adabiyoti Turkum:Yunon adabiyoti