Tazar — yer ostidagi suv, yomgʻir, qor suvlarini yigʻib shahar tashqarisiga chiqarish va oqindilar uchun katta (yoʻgʻon) sopol quvurdan yoki gʻisht va loydan tayyorlangan maxsus qurilma. Qadimdan zahob yerlarning suvini qochiradigan zovur uslubidagi kuvurlar boʻlgan. Qadimgi Misr, Rim, Yunoniston va Hindistonda T. qoʻllangan. Dalvarzintepadan mil. II-III asrlarga oid boyzodagon uyining poli ostidan (3,5 m chuqurlikdan qazib olingan 20 ta T.ning uz. 93—98 sm, diametri 42— 46 sm boʻlgan) topilgan. Afrosiyobdan, Tojikistonning Qoʻrgʻontepa budda ibodatxonasidan (II—III asrlar), Termizdagi Qoratepa budda ibodatxonasidan (II–III asrlar), Afgʻonistonning Oyxonim sh. xarobasidan (mil.av. IV asr), Marvpe.t Abdullaxon shaharqalʼa xarobasidan topilgan T.lar oʻziga xosdir. Oʻrta Osiyoda XI—XVI asrlar) ark, oʻrda, qalʼa, turar joy meʼmorligi, Madrasa va hammomlar qurilishida T.dan foydalanilgani haqida yozma maʼlumotlar saqlangan. Hozirgi kunda koʻpqavatli uylar, jamoat binolari va boshqa qurilishlarda kanalizatsiya tizimidan foydalanilmoqda.

Manbalar