150px|right Samuel C. C. Ting (Tin Chjaochun; 1936.27.1, Michigan shtati, Ann-Arbor) — amerikalik fizik. Michigan universitetni tugatgan (1959). 1963-yilda Yevropa yadro tadqiqotlari institutida (Jeneva), 1964-yildan Kolumbiya untida, 1967-yildan Massachusets texnologiya institutida (1969-yildan professor) ishlagan. Asosiy ilmiy ishlari elementar zarralar fizikasiga oid. 1974-yilda B. Rixterdan mustaqil tarzda yangi ogʻir mezon — birinchi jozibali kvarkli mezonni ochgan. Nobel mukofoti laureati (1976; B. Rixter bilan birga)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Fiziklar Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:27-yanvarda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:20-asr amerikalik olimlari Turkum:21-asr amerikalik olimlari Turkum:Amerikalik Nobel mukofoti laureatlari Turkum:Bolonya universiteti faxriy doktori