Raʼno Axatovna Ubaydullayeva — iqtisodchi olima, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), iqtisod fanlari doktori (1976), professor (1981). Toshkent moliya-iqtisod institutini tugatgan (1958). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot institutida laborant (1958—60), aspirant (1960—63), kichik ilmiy xodim (1963—64), katta ilmiy xodim (1964—66), boʻlim boshligʻi (1967—78; 1992—93), direktor oʻrinbosari (1978—90) boʻlib ishlagan. 1993 — 97 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri oʻrinbosari. 1998-yildan „Ijtimoiy fikr“ jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi direktori. Ilmiy ishlari Oʻzbekistonda mehnat resurslaridan, xususan, ayollar mehnatidan foydalanishning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, oila, aholishunoslik, jamoatchilik fikrini oʻrganish va boshqa masalalarga bagʻishlangan."Ubaydullayeva Raʼno Axatovna" OʻzME. U-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil. 2020-yilning 11-dekabrida 84 yoshida vafot etgan. Xotirasi 2021-yilning noyabr oyida „Oʻzbekistonda sotsiologiya fanining shakllanishi — akademik Raʼno Ubaydullayevaning hissasi“ mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilgan. Manbalar
Adabiyotlar Jenskiy trud v selskom xozyaystve Uzbekistana, T., 1969; Trudovie resursi Uzbekistana, T., 1970 (v soavtorstve); Strukturnaya preobrazovaniya v ekonomike i zanyatost jenshin. T., 1996; Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi (oʻquv qoʻllanma), T., 2001.
Turkum:Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari