Usta rahim Obidov (XIX asr oxiri — 1924) — samarqandlik toshtarosh usta, toshtaroshlar sulolasi vakili. Toshkent, Qoʻqon, Samarqandda katta ustaxonalari boʻlgan. Marmarni yoʻnib, koʻza, poyustun, taxtachalar va boshqa buyumlar tayyorlagan hamda ularni mayda boʻrtma islimiy va handasiy (girih) naqshlar bilan jozibador bezagan. Koʻplab shogirdlar tayyorlagan; jumladan, usta Joʻra Obidovning farzandlari — jiyanlari Bolta va Jalil Joʻrayevlarta ustozlik qilgan.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Usta rahim Obidov · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.