Faringit (yunoncha: pharynx – halqum va itis – yalligʻlanish) – halqum (yutqin) shilliq pardasining yalligʻlanishi. Bu kasallik odatda tomoqda ogʻriq va isitmaga sabab boʻladi. Kasallik alomatlari orasida yana burun oqishi, yoʻtal, bosh ogʻrigʻi, tupuk yutishda qiyinchilik, limfa tugunlarining shishi va ovoz boʻgʻilishi boʻlishi mumkin. Simptomlar odatda 3-5 kun davom etadi, lekin sabablarga qarab uzoqroq davom etishi mumkin. Asoratlar orasida sinusit va oʻtkir oʻrta otit ham bor. Faringit yuqori nafas yoʻllari infeksiyasining bir turidir.
Ogʻriqlarni oldini olish uchun ibuprofen kabi yalligʻlanishga qarshi dorilarlardan foydalanish mumkin. Bu holatda mahalliy lidokain ham yordam berishi mumkin. Streptokokk odatda antibiotiklar hisoblangan penitsillin yoki amoksitsillin bilan davolanadi. Oʻtkir faringitda kortikosteroidlar foydali yoki foydasizligi aniq emas, ammo yaqinda oʻtkazilgan tekshiruv shuni koʻrsatdiki, antibiotiklar bilan birgalikda qoʻllaganda ular ogʻriqni va davolanish ehtimolini oʻrtacha darajada kamaytiradi.
Tasnifi Faringit bu yalligʻlanishning bir turi boʻlib, yuqori nafas yoʻllari infeksiyasidir. U oʻtkir yoki surunkali boʻlishi mumkin. Oʻtkir faringit kasallik qoʻzgʻatuvchisi va zararlangan odamning immunitetiga qarab kataral, yiringli yoki yarali boʻlishi mumkin. Surunkali faringit ham kataral, gipertrofik yoki atrofik ham boʻlishi mumkin.
Tonzillit faringitning bir turi hisoblanadi. Agar yalligʻlanish bodomsimon bezlarni ham, tomoqning boshqa qismlarini ham qamrab olgan boʻlsa, bu holatni faringotonzillit yoki tonzillofaringit deb atash mumkin.
Sababi
Koʻpgina holatlarda infeksiyaga chalingan shaxs bilan yaqin aloqada boʻlgan organizm bu kasallikka chalinadi. Ular barcha yuqumli holatlarning taxminan 40-80% ni tashkil qiladi va turli xil virusli infeksiyalarning xususiyati boʻlishi mumkin.
Adenovirus faringitni keltirib chiqaruvchi viruslarning eng keng tarqalgan turidir. Odatda, boʻyin limfa tugunining kengayishi kichikroq va tomoq ogʻrigʻi bilan boʻlsa ham, koʻpincha qizil koʻrinmaydi. Tashxisi Tomoq ogʻrigʻining virus yoki bakteriya sababli ekanligini faqat belgilariga qarab farqlash qiyin. Shunday qilib, bakterial sabab bor yoki yoʻq ekanligini bilish maqsadida koʻpincha tomoqdan surtma olinadi.
Kasallikni davolash Koʻp hollarda davolanish simptomlar bilan kechadi. Bakterial, zamburugʻli va herpes infeksiyalari uchun maxsus davolash usullari samaralidir.
Manbalar
Turkum:Yuqumli kasalliklar Turkum:Tomoq kasalliklari Turkum:Tibbiyot Turkum:Otorinolaringologiya Turkum:Kasalliklar Turkum:Alifbo boʻyicha kasalliklar