Fargʻona davlat universiteti (1930–1991-yillarda Fargʻona pedagogika instituti) – ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti.
Tarixi Oʻzbekiston hukumatining qaroriga muvofiq 1991-yil 1-martda Fargʻona pedagogika instituti (1930-yil 1-mayda asos solingan) negizida Fargʻona davlat universiteti tashkil etilgan.
Universitetda 12 fakultet ( fizika-matematika, tabiiy fanlar, jismoniy madaniyat, sport faoliyati, iqtisodiyot, pedagogika - psixologiya va san'atshunoslik, ingliz tili va adabiyoti, chet tillari filologiya, tarix, harbiy ta'lim, agrar qo'shma fakulteti kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash), 50 kafedra, 34 oʻquv va 10 ilmiy laboratoriya, 14 kompyuter sinfi, 2 akademik litsey, internat litsey, biznes maktabi, „Nilufar“ teatr studiyasi, sanatoriyprofilaktoriy, 8 ochiq va 4 qishki yopiq sport inshooti bor; kutubxonasida 800 mingga yaqin asar saqlanadi (2004).
Kutubxona qoshida 100 oʻrinli oʻquv zali, fakultetlararo 2 filiali hamda internet tarmogʻiga ulangan kompyuter zali mavjud. Universitet 26 yoʻnalish boʻyichamatematika, amaliy matematika va informatika, fizika, kasbiy taʼlim, biologiya, kimyo, tuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish, geografiya, mehnat taʼlimi, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik, iqtisodiyot (sohalar boʻyicha), tarix, psixologiya, sotsiologiya, oʻzbek filologiyasi, slavyan filologiyasi, romangerman filologiyasi, boshlangich taʼlim va sport tarbiyaviy ish, ijtimoiy madaniy faoliyat, musiqiy taʼlim, xalq ijodiyoti, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, yurisprudensiya] bakalavrlar, 16 mutaxassislik boʻyicha (differensial tenglamalar, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, matematika fanini oʻqitish metodikasi, yarim oʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi, nazariy fizika, fizika fanini oʻqitish metodikasi, noorganik kimyo, zoologiya, botanika, odam va xayvonlar fiziologiyasi, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, tarmoqlar iqtisodiyoti, Vatan tarixi, sotsiologik tadqiqot usullari, lingvistika, adabiyotshunoslik) magistrlar tayyorlaydi.
Universitetda 12 yoʻnalish boʻyicha aspirantura va 2 yoʻnalish boʻyicha doktorantura hamda 2003 yildan milliy tillar (oʻzbek tili) boʻyicha Birlashgan ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. 2003–2004-oʻquv yili universitetda 7059 talaba taʼlim oldi, 611 oʻqituvchi, jumladan, 55 fan doktori va professor, 167 fan nomzodi va dotsent ishladi.
Universitet faoliyati B.Otaqulov, M. Qoraboyev, A. Oʻrinov, M. Ahmedov, R.Rasulov, M. Abdullayev, A. Mamajonov, Yo. Toirov, A. Gʻofurov, A. Muhammadiyev, Gʻ. Hamidov, A. Krdirov, A. Mahmedov, Sh. Xonkeldiyev kabi professoroʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitetda ilmiy jurnal va „Fargʻona universiteti“ gazetasi nashr etiladi. 2004 yilgacha universitet 70 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.
Rektorlari +IsmiIzohYilM.Q.Qoraboevfizika-matematika fanlari doktori, professor1991-1996E.A.Abdullaevfizika-matematika fanlari doktori, professor1996-1999Oʻrinov Axmadjon Qoʻshaqovichfizika-matematika fanlari doktori, professor1999-2004Ziyayev Muzaffar Qutluqovichiqtisod fanlari doktori, professor2004-2005M.H.Ahmedovbiologiya fanlari doktori, professor2005-2013Tashmatov Shuhrat Xamrayevichiqtisod fanlari doktori, professor2013-2016A.X.Xaitbaevkimyo fanlari doktori2016-2018Maksudov Rashid Hailevichtexnika fanlari doktori2018-2021Bahodirjon Shermuhammadovpedagogika fanlari doktori, professor2021-hozirgacha
Manbalar
Havolalar
Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar Turkum:Fargʻonadagi oliy taʼlim muassasalar