Xayoliy sotsializm, utopik sotsializm – mulkning umumiyligiga, majburiy mehnat qilishga, adolatli taqsimotga asoslangan ideal jamiyat haqidagi taʼlimot. Dastlab T. Morning „Utopiya“ asari (1516)da xayoliy sotsializmga oid fikrlar bayon qilingan. Xayoliy sotsializmning vujudga kelishida turli xalklarda asrlar mobaynida ilgari surilgan ijtimoiy adolat va tenglikni ifodalovchi xayoliy gʻoyalar asos boʻlgan. Xayoliy sotsializmning yirik vakillari: T.Myunser, T.Kampanella, J.Uinstenli, J.Melye, Morelli, G. B. Mabli, G.Babyof, T.Dezami, K. A. SenSimon, Sh. Furye, R.Ouen, A. I. Gersen va N. G. Chernishevskiy.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Xayoliy sotsializm · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.