Xalqaro geologik kongresslar — geologlar ilmiy birlashmasi (IUGS)ning har 3—4 yilda bir marta oʻtkaziladigan xalqaro anjumani. Xalqaro geologik kongresslarga 141 davlat geologlarining milliy qoʻmitalari (jumladan, Oʻzbekiston geologlari Milliy qoʻmitasi) hamda 38 ga yaqin Yer haqidagi fanlarning tor mutaxassisliklari boʻyicha Xalqaro geologik uyushma va tashkilotlari aʼzo. Xalqaro geologik kongresslarning asosiy vazifasi — Yer haqidagi fanlar boʻyicha nazariy va amaliy tadqiqotlarga yordam berish; mineral xom ashyo turlariga boʻlgan ehtiyojni oʻrganish va xom ashyo bilan taʼminlash yoʻllarini ishlab chiqish; konlarni oʻzlashtirish; ichimlik suvi muammolari; zilzilashunoslix va boshqa boʻyicha maʼlumotlar va tajriba almashishdan iborat. 1875-yilda qabul qilingan Nizomga muvofiq, Xalqaro geologik kongresslar har safar navbat bilan turli mamlakatlarda oʻtkaziladi. 2004-yilgacha jami 32 ta kongress boʻlib oʻtgan; ilk bor 1878-yil Parijda — navbatdagi soʻnggisi 2004-yil Florensiya (Italiya) shahrida boʻlib oʻtdi. Har bir sessiya muayyan ilmiy mavzuga bagʻishlanib, asosan, ingliz tilida olib boriladi. Unda eng yaxshi ilmiy ish uchun Spendiarov mukofoti (1897-yil Rus geologi L. A. Spendiarov xotirasiga taʼsis etilgan) beriladi. Anʼanaga koʻra, bu mukofot sohibi kongress oʻtkazilayotgan mamlakatning eng iqtidorli yosh olimi boʻlishi kerakOʻzME. Xalqaro geologik kongresslar roʻyxati Raqam Yil Oʻtkazilgan joy Prezident11878 ParijEdmond Eber21881 BolonyaDjovanni Kapellini31885 BerlinGenrix Ernst Beyrix41888 LondonJozef Prestvich51891 VashingtonJon Nyuberri61894 SyurixYevgen Renevye71897 Sankt-PeterburgKarl Bogdanovich81900 ParijAlbert Godri91903 Vena shahriEduard Zyuss101906 MexikoXose Agilera Manbalar
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Xalqaro geologik kongresslar · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.