Antony Hewish () (11-may 1924, Foy, Kornuoll grafligi) — ingliz astronomi, London qirollik jamiyati aʼzosi (1968-yildan). Kembrij universitetida oʻqigan. Kembrij universitetining Mallard radioastronomik rasadxonasida ishlagan (1946-yildan). Ilmiy ishlari radioastronomiyaga oid. Kichik burchak oʻlchamli radiomanbalarning ssintillyatsiyaskni tadqiq qilgan va Quyosh tojining tashqi qatlamlarini oʻrganish usullaridan birini taklif qilgan. Pulsarlarnk ochgan radioastronomlar guruhiga rahbarlik qilgan (1967). Nobel mukofoti laureati (1974; M. Rayl bilan hamkorlikda)Nobel mukofoti sovrindorlariOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Fiziklar Turkum:1924-yilda tugʻilganlar Turkum:11-mayda tugʻilganlar Turkum:2021-yilda vafot etganlar Turkum:Britaniyalik Nobel mukofoti laureatlari