Yuguruvchi toʻlqinlar — bir xil fazalar sirti (toʻlqin fronti) chekli tezlik bilan toʻlqinsimon harakatlanuvchi toʻlqinlar. Turgʻun toʻlqinlardan farqli ravishda Yuguruvchi toʻlqinlar energiya va impuls tashiydi. Superpozitsiya prinsipi oʻrinli boʻlgan holda (chiziqli tizimlarda) qarama-qarshi yoʻnalishda tarqalayotgan Yuguruvchi toʻlqinlar turgʻun toʻlqin hosil qiladi. Toʻlqinlarning amplitudalari turlicha boʻlgan holda qisman Yuguruvchi toʻlqinlar hosil boʻladi.
Źródło i licencja
Na podstawie: Wikipedia — Yuguruvchi toʻlqinlar · historia autorów.
Tekst: CC BY-SA 4.0.
Informacja o opracowaniu
Usunięto składnię wiki i szablony; dłuższe teksty skrócono.