Yum Deyvid (1711-yil, 5-iyul Edinburg – 1776.25.8) – ingliz faylasufi, tarixchisi, iqtisodchisi. Agnostitsizmning asosiy prinsiplarini taʼriflab bergan. Sabablarini bilib boʻlmaydigan „taassurotlar“ oqimi boʻlgan hissiy tajriba (bilimlar manbai) toʻgʻrisidagi taʼlimotni rivojlantirgan. Borliq bilan ruhning munosabatini hal qilib boʻlmaydigan masala deb hisoblagan. Substansiya tushunchasini inkor etgan, uni bamisoli sarob deb bilgan. Gʻoyalar assotsiatsiyasi nazariyasini ishlab chiqqan. Etikada utilitarizm konsepsiyasini rivojlantirgan, siyosiy iqtisodda A.Smit ilgari surgan qiymatning mehnat nazariyasiga qoʻshilgan. Yum taʼlimoti I.Kant falsafasi, pozitivizm va nepozitivizm manbalaridan biri hisoblanadi. Asosiy asarlari: „Inson tabiati toʻgʻrisida risola“, „Tabiiy din toʻgʻrisida muloqot“, „Jonning abadiyligi haqida“, „Stoik“, „Skeptik“. Manbalar

Havolalar

Butun dunyo ensiklopediyasidan Devid Yume haqidagi maqola David Hume. Inson bilishiga oid tadqiqotlar – rus va ingliz tillarida matn Devid Yum „Inson tabiati haqidagi risola“ D. Yumning mantiqiy-epistemologik fenomenalizmi va agnostitsizmi „Hyperspace“. Michio Kakuning „Super Superoʻtkazuvchi Super Kollayder: Yaratilishga Oyna“ kitobining bobi

Turkum:Britaniyalik tarixchilar Turkum:1711-yilda tugʻilganlar Turkum:1776-yilda vafot etganlar Turkum:5-iyulda tugʻilganlar Turkum:25-avgustda vafot etganlar Turkum:Faylasuflar