Java dengizi (, ) — Tinch okeanning gʻarbiy qismidagi dengiz, Sumatra, Java va Kalimantan orollari oraligʻida. Qirgʻoqlari baʼzi joylarda marjon riflari bilan oʻralgan. Maydoni 552 ming km². Eng chuqur joyi 1272 m. Suvining yuza qismidagi temperaturasi 27—28°. Shoʻrligi 31,5—34°/00. Suv sathining koʻtarilishi sutkalik (bal. 2 m gacha). Dengizdan baliq ovlanadi, marvarid olinadi. Yirik portlari: Jakarta, Semarang, Banjarmasin.
Turkum:Dengizlar