thumb|324x324px|Koagulyatsiya „kaskad“ining ketma-ketligi

Qon ivishi — suyuq qonning yumshoq quyqum (laxta)ga aylanishi; odam va hayvon organizmining qon yoʻqotishga qarshi fiziologik himoya reaksiyasi. Qon tomir zararlanib, qon oqqanda qon plazmasida erigan fibrinogen oqsilning erimaydigan fibrin holiga aylanishi va bu tolalar qonning shaklli elementlari (trom-botsitlar) bilan oʻralashib quyqum hosil boʻlishi natijasida vujudga keladi va u tomirning shikastlangan joyini toʻsib qoʻyadi.

Qon ivishi murakkab fermentativ jarayon boʻlib, u bosqichma-bosqich (3 fazada) kechadi. Qon ivishi qon ivishi fak-torlari (qarangI.F.) — qon plazmasining qator oqsillari va Sa2+ionlari ishtirokida amalga oshadi. Asosiy Q.I.F. 13 ta boʻlib, ular rim raqamlari bilan belgilanadi. Bu faktorlarning bir nechtasi qonning shaklli elementlari tarkibida boʻladi.

Qon ivishining asosiy reaksiyalari quyidagilar: faol tromboplastin hosil boʻlishi; protrombin trombinga aylanishi; fibrinogen fibringa aylanishi; fibrinning stabilizatsiyasi.

Normada odam qoni tomirdan chiqqach, 5—12 min.da iviydi. Ayrim patologik holatlarda Qon ivishi sekinlashishi yoki tezlashishi mumkin, bu trombozlarga olib keladi.

Tibbiyotda qon ivishini susaytiruvchi (antikoagulyantlar), kuchaytiruvchi va barqarorlashtiruvchi vositalardan keng foydalaniladi.

Qon ivish faktorlari Toʻqima suyuqligi va qon tarkibida oqsil tabiatli moddalar boʻlib, ularning ketma-ket aktivlanishi koagulatsiya jarayonini tashkil qiladi. Bu moddalar qon ivish faktorlari deyiladi va rim raqamlari bilan belgilanadiIndu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009: +Koagulyatsiyada qatnashuvchi faktorlarRaqami yoki nomiFunksiyasiFaktorga bogʻliq genetik kasallikFaktor I (Fibrinogen)Fibrin toʻrini shakllantirishoilaviy buyrak amiloidoziFaktor II (protrombin)trombotsitlarni hamda I, V, VII, VIII, XI, XIII faktorlarni aktivlashProtrombin G20210A, TrombofiliyaFaktor III (toʻqima faktori, toʻqima protrombini)VIIa omilning kofaktoriFaktor IV (kalsiy ioni)faktorlarning aktivlanishi, fosfolipidlar bilan bogʻlanishiFaktor V (proakselerin, labil faktor, Ac-globulin)X omilning kofaktoriFactor VIVa omilning eski nomiFactor VII (stabil faktor, prokonvertin, plazma protrombini (SPCA))IX, X faktorlarni aktivlaydiTugʻma VII omil yetishmovchiligiFactor VIII (antigemofil omil A, antigemofil faktor (AHF), antigemofil globulin (AHG))IX faktorning kofaktorigemofilia AFactor IX (antigemofil omil B, Kristmas omili,)X faktorni aktivlaydigemofilia BFactor X (Stuart-Prouyer omili)II omilni aktivlaydi, V omil bilan protrombinaza kompleksini hosil qiladi.tugʻma X omil yetishmovchiligiFactor XI (antigemofil omil C)IX omilni aktivlaydigemofilia CFactor XII (Xageman omili)XI, VII omillar, prekallikrin va plazminogenni aktivlaydiirsiy angiodemaFactor XIII (fibrinni stabillovchi omil)fibrin toʻri hosil qilishtugʻma XIIIa/b yetishmovchiligivon Willebrand omiliVIII omilga bogʻlanib, trombotsitlar adgeziyasini aktivlaydivon Willebrand kasalligiPrekallikrin (Fletcher omili)XII omil va prekallikrinni aktivlaydiPrekallikrin/Fletcher kasalligiKallikrinPlazminogenni aktivlaydiYuqori molekular kininogen (HMWK) (Fitzjerald omili)XII, XI omillar va prekallikrinlarni aktivlaydiKininogen yetishmovchiligiFibronektinhujayra adgeziyasini stimullaydiGlomerulopatiyaAntitrombin IIIIIa, Xa, IXa, XIa va XIIa omillarini ingibirlaydiAntitrombin III yetishmovchiligiGeparin kofaktori IIIIa omilni ingibirlaydiGeparin kofactor II yetishmovchiligiProtein CVa and VIIIa omillarni ingibirlaydiProtein C yetishmovchiligiProtein Sprotein C ni aktivlaydiProtein S yetishmovchiligiProtein Ztrombin adgeziyasini stimullaydiProtein Z yetishmovchiligiProtein Z proteaza ingibitori (ZPI)X omilni kamaytiradiPlazminogenplazminni hosil qiladiplazminogen yetishmovchiligiα2-Antiplazminplazminni ingibirlaydiAntiplazmin yetishmovchiligiα2-Makroglobulinplazmin, kallikrin va trombinni ingibirlaydiToʻqima plazminogen aktivatori (tPA)plazminogenni aktivlaydioilaviy giperfibrinolizUrokinazaplazminogenni aktivlaydiPlazminogen aktivatorining ingibitori-1 (PAI-1)tPA va urokinazani ingibirlaydi (endotelial PAI)Plazminogen aktivatorining ingibitori-2 (PAI-2)tPA va urokinazani ingibirlaydi (endotelial PAI)Oʻsma prokoagulyanti Faktor I (fibrinogen) Faktor II (protrombin) Faktor III (toʻqima tromboplastini) — toʻqima faktori Faktor IV (kalsiy-Ca) Faktor V (labil faktor yoki proakselerin yoki akselerator globulin) Faktor VI (mavjud emas) Faktor VII (stabil faktor yoki prokonvertin) Faktor VIII (antigemofil faktor-A = AHF yoki antigemofilik globulin=AHG) Faktor IX (Kristmas faktori yoki antigemofil faktor-B) Faktor X (Stuart Prauyer faktori) Faktor XI (plazma tromboplastini oʻtmishdoshi yaʼni antigemofilik faktor-C) Faktor XII (Xageman faktori yoki kontakt faktor) Faktor XIII (fibrin-stabillovchi faktor yoki fibrinaza yoki Laki-Lorand faktori) HMW-K (yuqori molekular ogʻirlikdagi kininogen yoki Fitzjerald faktori) Pre-Ka (Prekallikrein yoki Fletcher faktori) Ka (Kallikrein) PL (trombotsit fosfolipidlari)

Faktor I Tabiatda globulinda eruvchi oqsil, molekular ogʻirligi 340 000 Da va jigarda sintezlanadi. Unda 6 polipeptid zanjir boʻlib, plazmadagi konsentratsiyasi 0,3g/dL. Trombin taʼsirida fibrinogen fibringa aylanadi.

Faktor II Faktor II (protrombin) trombinning inaktiv prekursori

Faktor III Faktor III (tromboplastin) — toʻqima faktori yoki toʻqima tromboplastinlari deyiladi. Protrombin aktivatori shakllanishi tashqi yoʻlida ajraladi.

Faktor IV Faktor IV (kalsiy) — Koagulatsiya uchun asosiy element.

Faktor V Faktor V (labil foktor) — U shuningdek, proakselerin deyiladi. Oqsil tabiatli bu modda protrombin aktivatori hosil boʻlishi va protrombinning trombinga aylanishida qatnashadi. V omil qon ivish vaqtida sarflanadi, shuning uchun qon zardobida boʻlmaydi. Uning tugʻma yetishmovchiligi gemofiliyaga sabab boʻlishi mumkin.

Faktor VII Faktor VII (stabl faktor yoki autoprotrombin-1) Bu faktor jigarda vitamin K yordamida sintezlanadi. U tashqi yoʻldan X faktor aktivlanishi uchun zarur hisoblanadi. Bu omil qon ivish vaqtida sarflanmaydi, shuning uchun plazmada topiladi. VII faktor yetishmovchiligi kamdan-kam hollarda uchraydi, ammo tez-tez kumarin kabi antikoagulant dorilar berish, dozani oshirish qon ketishlarga sabab boʻlishi mumkin.

Faktor VIII Faktor VIII (antigemofilik globulin) — jigarda sintezlanadigan betta-2 globulin oqsili hisoblanadi. U X faktor aktivlanishi uchun zarur, shuningdek, protrombin aktivatorining ichki yoʻldan aktivlanishini taʼminlaydi. U qon ivishida sarflanadi, shuning uchun qonda topilmaydi. Uning nasliy yetishmovchiligi klassik gemofiliya (gemofiliya A). Agar kasallik meros qilib olinsa qon ivish vaqti oshib ketadi.

Faktor IX Faktor IX (Kristmas faktor) — tromboplastik komponent (PTC) yoki autoprotrombin 2 deyiladi. U K vitaminiga bogʻliq holda jigarda sintezlanadi. U Ca ishtirokida aktiv faktor XI yordamida faollashadi va ichki yoʻldan protrombin aktivatori shakllanishi uchun zarur. Uning nasliy yetishmovchiligi yoki yoʻqligi gemofiliya B ga sabab boʻladi va gemofiliya A ga oʻxshaydi. Bu kasallik dastlab Kristmas degan bemorda aniqlanganligi sabab Kristmas faktori deb nomlangan.

Faktor X Faktor X (Stuart-prauyer omili) Bu faktor jigarda sintezlanadigan va qonda mavjud omil hisoblanadi. Aktivlangan X faktor aktiv V faktor, Ca va fosfolipidlar bilan birgalikda kompleks hosil qiladi va bu protrombin aktivatori deyiladi.

Faktor XI Faktor XI (plazma tromboplastin) U aktiv XII faktor yordamida aktivlanadi. Bu faktor Ca ishtirokida IX faktor aktivlanishi uchun zarur hisoblanadi. Uning yetishmovchiligi gemorragik holatni keltirib chiqaradi.

Faktor XII Faktor XII (Xageman omili) XII faktor manfiy zaryadlangan yuzalar, dagʻal yuzalar bilan bogʻlanib XIIa faktorga aylanadi. Uning qondagi aktivlanishi XI omil aktivlanishi orqali ichki yoʻlni boshlaydi. Aktivlangan XII faktor shuningdek, prekallikreinni kallikringa aylanishini aktivlaydi. XII faktor yetishmovchiligida qon juda sekin iviydi ammo gemorragik holat boʻlmaydi.

Faktor XIII Faktor XIII (fibrin stabillashtiruvchi faktor) Bu plazma oqsili Ca ishtirokida fibrin polimerining stabillashishi uchun zarur hisoblanadi. Hmw-k (yuqori molekular ogʻirlikdagi kininogen) XII faktor aktivlangan joyga prekallikrein va XI faktor jalb qilinishi uchun javobgar. HMW-K XII faktor kabi manfiy zaryadlangan yuzaga tortilishi mumkin.

Prekallikrein va kallikrein Prekallikrein XIIa orqali kallikreinga aylanadi. Aynan shu jarayon qaytar teskari mexanizmda boradi:

Trombotsit fosfolipidlari (PPL) Trombotsit fosfolipidlarini belgilash uchun arab raqamlaridan foydalaniladi. Ulardan eng muhimlari trombotsitar faktor-3 (PF-3) va trombotsitar faktor-4 (PF-4) hisoblanadi. Qon ivishi quyidagi holatlarda boshlanadi:

qon tomir devori va unga yaqin toqʻimalar shikaslanishi qon travmalari qonning shikastlangan endoteliy yoki kollagen bilan aloqasi

Koagulatsion ketma — ketlik

Shikastlangan qon tomir Trombositlar adgeziyasi va agregatsiyasi (birlamchi gemostaz) Fibrin va fibrinli laxta hosil boʻlishi Laxtak retraksiyasi va reparatsiyasi

Koagulyatsiya jarayoni kaskad reaksiyalaridan tuzilgan boʻlib, unda bir omilning faollashishi boshqa omil faollashishiga olib keladi. Bu kaskad reaksiyasi shuningdek, shalola (sharshhara) ketma-ketligi deyiladi. Koagulatsiya jarayonini (fibrin shakllanishi) 3ta asosiy bosqichga boʻlish mumkin.

Protrombin aktivatorining hosil boʻlishi Protrombinning trombinga aylanishi Fibrinogenning fibringa aylanishi

Protrombin aktivatorining shakllanishi Koagulatsiya jarayoni protrombin aktivatori deb ataluvchi kompleks hosil qilish bilan boshlanadi. Uning hosil boʻlishi farqli ravishda ikki yoʻldan borishi mumkin: 400px|thumb|right|Koagulyatsiyaning negativ va pozitiv qaytar mexanizmlari. Tashqi yoʻl Ichki yoʻl

Tashqi yoʻl Protrombin aktivatorining tashqi yoʻldan shakllanishi qon tomir devori yoki qon tomir tashqaridagi toʻqima shikastlanishi bilan boshlanadi va quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladiPallister CJ, Watson MS (2010). Haematology. Scion Publishing. pp. 336-347. ISBN 978-1-904842-39-2:

Toʻqima tromboplastinining ajralishi: travma natijasida toʻqimadan bir qancha moddalar ajraladi, ular orasida biz bilgan toʻqima tromboplastini ham mavjud. (Faktor III). Bu toʻqima hujayralari membranasidagi fosfolipidlardan va lipoproteinlardan iborat. Aktivlangan X faktor hosil boʻlishi: toʻqima tromboplastini VII faktor bilan birgalikda kombinatsiya hosil qiladi, bu kompleks Ca2+ ishtirokida X omilni aktivlab, aktivlangan X (Xa) omilni hosil qiladi. Aktivlangan X omil (Xa)ning protrombin aktivatori hosil boʻlishiga taʼsiri: Xa faktor — toʻqima yoki trombotsit fosfolipidlari, V faktor (labil faktor) va Ca2+ bilan birgalikda protrombin aktivatori deyiladigan kompleksni hosil qiladi.

Qon koagulatsiyasida Ca ning roli Qon koagulatsiya mexanizmlarini oʻrganishdan maʼlum boʻldiki, ichki yoʻlning dastlabgi ikki bosqichidan tashqari barcha reaksiyalarni kuchaytirish uchun Ca2+ ionlari talab qilinadi. Shu sababli, Ca2+ ionlari boʻlmagan taqdirda qon ivishi boʻlmaydi. Shunday qilib Ca2+ ionlarini chiqarib tashlash orqali qon ivishi „in vitro“ usulida uzib qoʻyilishi mumkin. Oksalat va sitratlardan „in vitro“ antikoagulyant sifatida foydalanish aynan shunga asoslangan. Ammo, „in vivo“dagi gipokalsemiya (m: D vitamin yetishmasligi yoki gipoparatireodizm) qon ketishiga sabab boʻlmaydi.

K vitamini K vitamini naftokuinon kompleksidan kelib chiqadi. Tabiiy K-vitaminining 2 ta fraksiyasi mavjud. U yogʻda eruvchan tabiatga ega. Shuning uchun, oral yoki intramuskular yuboriladi. Ammo, intravenoz qoʻllash uchun uni maxsus, juda mayda emulsiya holatiga keltirib tayyorlash kerak. K vitamini ovqat tarkibidan olinishi, shuningdek, ichakdagi bakterial flora orqali sintezlanishi mumkin.