Gʻaybulla as-Salom (taxallusi; asl ismi Gʻaybulla Salomov)(11-dekabr 1932-yil, Xatirchi tumani – 31-yanvar 2003-yil, Toshkent) — tarjimashunos olim, publitsist. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1993), filologiya fanlari doktori (1982), professor (1984).
Hayoti Salomov Gʻaybulla Tojiddinovich 1932-yil 11-dekabrda Samarqand viloyati Xatirchi tumanida tugʻilgan. 1956-yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini tugatgan.
Faoliyati Dastlab 1956–1967-yillarda „Fan va turmush“ jurnalida boʻlim mudiri, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspirant, ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Soʻng 1967–1969-yillar „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“da bosh muharrir oʻrinbosari sifatida; 1969–2000-yillar Toshkent davlat universiteti tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri sifatida; 1997–2000-yillar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida professori sifatida faoliyat yuritgan.
Ilmiy faoliyati Gʻaybulla Salomovning ilmiy faoliyati badiiy tarjimashunoslik, maʼnaviyat, maʼrifat va madaniyat masalalariga bagʻishlangan. „Maqol va idiomalar tarjimasi“ (1961), „Til va tarjima“ (1966), „Tarjima nazariyasiga kirish“ (1978), „Doʻstlik koʻpriklari“ (1970, N. Komilov bilan hamkorlikda), „Adabiy anʼana va badiiy tarjima“ (1980), „Tarjima nazariyasi asoslari“ (1983) kabi kitoblar muallifi.
Gʻaybulla as-Salom 2003-yilda 31-yanvarda Toshkent shahrida vafot etgan.
Adabiyotlar Umirov S, Sollanib oqayotgan daryo, T., 1992; Gʻaybulloh as-Salom zamondoshlari xotirasida, T., 2002. Ey, umri aziz, T., 1997; Ezgulikka chogʻlan, odamzot, T., 1997.
Manba
Turkum:Oʻzbekistonlik tarjimonlar
Turkum:Adabiyotshunoslar Turkum:11-dekabrda tugʻilganlar Turkum:1932-yilda tugʻilganlar