Habibulloxon (1872-yil 3-iyun, Samarqand – 1919-yil 20-fevral, Jalolobod yaqinida Afgʻoniston) – Afgʻoniston amiri (1901-yildan). Hokimiyatining dastlabki davrida vatanparvar kuchlar taʼsirida islohotlar oʻtkazishga (markaziy hokimiyatni mustahkamlash, iqtisodiyotni rivojlantirish, dunyoviy taʼlimni joriy qilish va boshqalar), mamlakatni Angliyadan qaramligini zaiflashtirishga harakat qilgan. Birinchi jahon urushi yillarida Germaniyaning gijgijlashiga qaramay Habibulloxon betaraflik siyosatini tutgan.

Hayotining dastlabki davri Habibulloxon amir Abdurahmonning toʻngʻich oʻgʻli boʻlib, 1871-yilda Buxoro amirligining Samarqand shahrida tugʻilgan. Uning ukasi Nasrullaxon 1874-yil 7-dekabrda tugʻilgan.

Hukmronligi Habibulloxon nisbatan islohotchi hukmdor boʻlib, oʻz mamlakatini modernizatsiya qilishga uringan. Hukmronligi davrida Afg‘onistonga zamonaviy tibbiyot va boshqa texnologiyalarni olib kirish ustida ishlagan. Otasi tomonidan surgunga majburlangan koʻplab insonlar Habibulloxon farmoniga binoan umumiy amnistiya bilan Afgʻonistonga qaytarilgan. 1903-yilda Habibulloxon Habibiya maktabi hamda harbiy akademiyaga asos solgan. Shuningdek, u oʻz mamlakatida ilgʻor islohotlarni amalga oshirishga harakat qildi. Turli huquqiy islohotlar oʻtkazgan va koʻplab eng ogʻir jinoiy jazolarni bekor qilgan. Uning bosh maslahatchilaridan biri Abdul Latif 1903-yilda murtadlikda ayblanib, Kobulda toshboʻron qilinib, oʻlimga hukm qilingan. Boshqa islohotlar orasida otasi tomonidan oʻrnatilgan ichki razvedka tashkilotining demontaj qilinishi ham bor edi. Mihtarlamdagi Qalʼayi Saraj amir tomonidan qurilgan. 1905-yil amir Abdurahmon tomonidan imzolangan ingliz-afgʻon bitimini tan olgan.

Xost isyoni 1912-yilning may oyida Xost qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolon rahbari afgʻon taxtiga raqib boʻlgan Jahandadxon boshchiligidagi isyonchilar edi. Habibulloxon faoliyatidagi ilk yirik qarshilikka duch keldi. Bu qoʻzgʻolon oʻsha yilning avgust oyida Afgʻoniston hukumati tomonidan qoʻzgʻolonchilarga imtiyozlar berilganda tugadiThe Britannica Year-Book 1913: A Survey of the World's Progress Since the Completion in 1910 of the Encyclopædia Britannica.

Birinchi jahon urushi Usmonlilar imperiyasi sultoni va Germaniya harbiy missiyasi (Nidermayer-Hentig ekspeditsiyasi) Afgʻonistonni oʻz tomoniga qoʻshishga qaratilgan qattiq saʼy-harakatlariga qaramay, Birinchi jahon urushida Habibulloxon mamlakatning betarafligini saqlab qoldi. U, shuningdek, Britaniya Hindistoni bilan keskinlikni sezilarli darajada pasaytirdi, 1905-yilda doʻstlik shartnomasini imzoladi va 1907-yilda rasmiy davlat tashrifi bilan Hindistonda boʻldi. Angliya va ichki reaksion kuchlar tazyiqi ostida 1919-yil yosh afgʻonlarta qarshi chiqqan. Ularning koʻpchiligi qamoqqa olingan va qatl etilganMcMahon, Henry A (1939). An Account of the Entry of H. M. Habibullah Khan Amir of Afghanistan into Freemasonry. London, UK: Favil Press, Ltd..

Vafoti Hayotining oxirida inglizparast siyosat yurgizib, Afgʻonistonda ozodlik harakatining oʻsishiga toʻgʻanoq boʻlgan. Habibulloxon 1919-yil 20-fevralda Lagʻmon viloyatining Kalagosh shahrida ov paytida harbiy ofitser tomonidan oʻldirilganIslam and Politics in Afghanistan, Olesen, page 101. Habibulloxonning akasi Nasrullohxon uning oʻrniga qisqa muddatga amir etib tayinlangan va 1919-yilning 21-28-fevrallari oraligʻida bir hafta hokimiyatni boshqargan. Habibulloxonning uchinchi oʻgʻli Omonullaxon tomonidan qamoqqa olingan. Bu uchinchi ingliz-afgʻon urushidan bir necha oy oldin sodir boʻlgan.

Manbalar

Havolalar

Ancestry.com: Afghan royalty

Turkum:Barakzoilar sulolasi Turkum:Afgʻoniston amirlari Turkum:20-asr afgʻon hukmdorlari Turkum:20-asr afgʻon siyosatchilari