Üzeyir Hacıbəyov yoki Uzeyir Hajibeyli (toʻliq ismi: Uzeyirbey Abdulhasan oʻgʻli Hajibeyov; 18-sentabr 1885, Aqchabadi — 23-noyabr 1948, Boku, Ozarbayjon SSR, SSSR) — ozarbayjon bastakor, dirijyor, musiqashunos — olim, publitsist, dramaturg, pedagog va ijtimoiy xodim, zamonaviy Ozarbayjon professional musiqa san’ati va milliy operasi asoschisiAmerican Film Institute catalogBöyük Ensiklopedik Lüğət: "Гаджибеков Узеир Абдул Гусейн оглы (1885-1948)". Üzeyir Hacıbəyov asarlari dunyo musiqa durdonalaridan hisoblanadiÜzeyir bəy Əbdülhüseyn oğlu Hacıbəyov (1885-1948).

Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019–yil 7-may 211-son Qaroriga binoan Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon Respublikasida asarlari davlat mulki deb e’lon qilingan mualliflar roʻyxatiga kirgan .

Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan san’at xodimi (1935), SSSR xalq artisti (1938), Stalin mukofoti laureati (1941), „Lenin ordeni“ (1938)Hüseyn Əhmədov. Azərbaycan məktəb və pedaqoji fikir tarixi. Bakı: Elm və təhsil, 2014. - səh. 315-316. va „Qizil mehnat bayrogʻi“ ordeni laureati, Ozarbayjon Fanlar Akademiyasi akademiki (1945), professor (1940), Ozarbayjon Bastakorlar Ittifoqi raisi (1938-1948), Ozarbayjon Davlat Konservatoriyasi rektori (1928-1929, 1939-1948), Ozarbayjon FA San’at instituti direktori (1945-1948)Christoph Werner. Drama and operetta at the Red Lion and Sun: Theatre in Tabriz 1927-41 // Culture and Cultural Politics Under Reza Shah / Edited by Bianca Devos and Christoph Werner. — С. 215.. Ozarbayjon SSR va Ozarbayjon Respublikasi madhiyalarining bastakori, musulmon sharqida ilk opera muallifiMattew OʻBrien. Uze ir Hajibeyov and his role in the development of musical life in Azerbaijan. — Routledge, 2004. — С. 211. — , 9780415302197William O. McCagg, Brian D. Silver. Soviet Asian ethnic frontiers. — Pergamon Press, 1979. — ISBN , 9780080246376.

Hayoti 220px|thumb|left|Üzeyir Hacıbəyov otasi bilan, Shusha, 1890-yil

Üzeyir Hacıbəyov 1885-yil 18-sentabrda Abdulhusaynbey va Shirinbeyim xonim Hajibeyovlar oilasida tugʻilganÜzeyir Hacıbəyov haqqında elektron kitabxana. Uzeyirning otasi Abdulhusayn Mulla Muhammad oʻgʻli Hajibeyov oʻz davrining savodli, ziyoli shaxslaridan biri edi. U XIX asrning taniqli davlat arbobi va shoiri, Qorabogʻ xonlarining vorisi Xurshidboni Notavonning mirzasi boʻlgan va uning Aqchabadidagi xoʻjaligini boshqargan. Uzeyirning onasi Shirinbeyim xonim Qorabogʻda mashhur Aliberdiyevlar naslidan edi. Üzeyir Hacıbəyovning oilasida uch aka-uka, ikki opa-singil boʻlgan. Oʻgʻil bolalar Zulfiqor, Uzeyir va Jayhunning kelajakda adabiy va musiqiy iste’dodining shakllanishida oilaning katta roli boʻlgan. Uning hayotida Abbasovlar oilasi katta oʻrin egallardi.

Uzeyirdan boshqa oilaning barcha farzandlari Shushada tugʻilishgan. Uyning toʻrtinchi farzandi boʻlgan Uzeyir Shushada emas, Aqchabadida tugʻilishining ham oʻz tarixi bor. Uzeyirning otasi Abdulhusayn Xushidbonu Notavonning mirzasi boʻlish bilan birga xon qizining Aqchabadidagi xoʻjaligiga rahbarlik qilardi. Shu sababli ham yilning koʻp qismini oʻsha yerda oʻtkazardi. Shirin xonim esa Uzeyirga homilador boʻlganda, Aqchabadiga borib turmush oʻrtogʻidan xabar olishga, soʻng yana Shushaga qaytishga qaror qiladi. Opalaridan xabar olish uchun avval Ogʻdomga boradi. Faqat opalari uni tez qoʻyib yuborgilari kelmaydi. Shirin xonimni 8 opa-singilning har biri oʻz uyida mehmon qiladi. Aqchabadiga borganda ortiq juda kech edi. Shushaga qayta olmaydi. Shu sababli ham kelajakning dohiysi boʻladigan oʻgʻlini Aqchabadida dunyoga keltiradi. 1 oydan soʻng esa tuya ustiga taxtiravon yasab, Shirin xonimni Uzeyir bilan Ozarbayjon madaniyati beshigi boʻlgan Shushaga olib kelishadiMattew OʻBrien. Üzeyir Hacıbəyov and his role in the developement of musical life in Azerbaijan. — Routledge, 2004. — С. 209. — , .

Ota–onasi Aqchabadidan Shushaga koʻchgach, Uzeyir ilk tahsilini bu yerdagi ikki sinfli rus-turk maktabida oldi. Shushaning boy musiqa-ijrochilik an’analari Hajibeyovning musiqiy tarbiyasiga alohida ta’sir koʻrsatdi. Uning ilk ustozi Ozarbayjon musiqasining taniqli olimi, togʻasi Ogʻalarbey Aliberdibeyov boʻlgan. Uzeyirbeyning togʻasi Ogʻalarbey Aliberdibeyov Shavkat Alakbarovaning ham ilk musiqa muallimi boʻlgan.

Goriy seminariyasida tahsili 340px|thumbnail|Üzeyir Hacıbəyov Goriy seminariyasi talabalari orasida (birinchi qatorda, chapda), 1904, orqada Muslim Magomayev oʻtiribdi Üzeyir Hacıbəyov 1899-1904-yillarda Goriy oʻqituvchilar seminariyasida tehsil olgan. Uning dunyoqarashi shakllanishida seminariya katta rol oʻynagan. Üzeyir Hacıbəyov seminariya yillarida ilgʻor dunyo madaniyati bilan yaqindan tanish boʻlgan. U bu yerda Yevropa musiqa klassiklarining asarlarini oʻrgangan, skripka va baritonda chalishni oʻrgangan, xalq qoʻshiq namunalarini nota koʻchirgan. Goriy seminariyasida Üzeyir Hacıbəyov kelajakda Ozarbayjon opera musiqasida oʻz soʻzini ayta oladigan Muslim Magomayev bilan tanishdi. Seminariya yillaridan boshlangan doʻstlik keyinchalik qarindoshlikka aylandi. Üzeyir Hacıbəyov Maleyka xonim bilan, Muslim Magomayev esa Bodiguljamol xonim Teregulova bilan turmush qurdiÜzeyir Əbdülhüseyn oğlu Hacıbəyov - elektron dərs vəsaiti.

Seminariyani tamomlagach Üzeyir Hacıbəyov 1904-yilda Jabroil uyezdining Hadrut qishlogʻiga oʻqituvchi etib tayinlandi. Hadrut qishloq maktabida rus tili, hisob, tarix va musiqadan dars bergan.

Üzeyir Hacıbəyovning Bokuga kelishi Üzeyir Hacıbəyov Rossiyada 1905-1907-yillar inqilobi arafasida Bokuga kelib, Bibihaybatda, keyinchalik esa “Saodat” maktabida dars oʻtgan. Üzeyir Hacıbəyov Bokuda adabiy-publitsistik faoliyatga boshlab, „Hayot“ gazetasida tarjimon boʻlib ishladi. Oʻsha kundan nashr etila boshlangan „Irshod“ gazetasida ishladi. 1907-yilda Bokuda ozarbayjon turkchasida „Hisob masalalari“ va “Matbuotda foydalaniladigan siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va harbiy soʻzlarning turk-rus va rus-turk lugʻati”ni nashr ettiradiKayzen.az – Böyük musiqiçilər: Üzeyir bəy Hacıbəyli | Azərbaycan peşəkar musiqisinin banisi. Rus yozuvchisi Nikolay Gogolning „Shinel“ povestini ozarbayjon tiliga tarjima qiladi.

1911-yilda Üzeyir Hacıbəyov musiqiy tehsil olish uchun Moskvada borib, Moskva filarmonik jamiyati qoshidagi Ilyinskiyning maxsus kursida tehsil oldi. Moskvadan joʻnatgan satirik hikoya va felyetonlar „Iqbol“ gazetasida chop etildi. Moddiy qiyinchilik tufayli Üzeyir Hacıbəyov Moskvada musiqiy tahsilini chala qoldirib, Bokuga qaytishga majbur boʻldi. Bastakor Bokuga qaytib, bu yerda ijodiy faoliyatini davom ettirib, yozgan operalarni sahnaga qoʻyish bilan shugʻullanadi.

Üzeyir Hacıbəyov bilan Maleyka xonim Hajibeyova 1910-yilda turmush qurishadi. Ixtisosi rus tili oʻqituvchisi boʻlgan Maleyka xonim turmush oʻrtogʻining san’atiga yaqin boʻlish uchun konservatoriyaning musiqiy nazariyasi shoʻbasiga kiradi. Asosan kechalari ishlaydigan Uzeyirbeyni Maleyka xonim hech qachon yolgʻiz qoldirmagan. Bu insonlar 38 yil umr koʻrishdi.

Oʻlimga bir qadam 1918-yilda armanlarning Ozarbayjonda sodir etgan mart qirgʻini payti arman doshnoqlari Uzeyirbeyning uyini oʻqqa tutishadi. Sharqning ilk operasini yozgan bastakorga hasad bilan qarovchi doshnoqlar uyning devorlarini, tomini oʻq yomgʻiriga tutdilar. Bu oʻqlar 1975-yilda bastakorning uy mezeyi ochilishi arafasida tozalangan.

Sovet hokimiyatining ilk yillarida Üzeyir Hacıbəyovning nomi tez-tez xalq dushmanlari qatorida tilga olina boshlandi. 1920-yilda bastakorni otib tashlamoqchi boʻlishadi. Bu xavf tasodifan bartaraf etiladi. Üzeyir Hacıbəyovning qayni Hanafiy Terequlov aqidaparast kommunist edi. U xavfsizlik idorasi shoʻba mudirlarining birining stoli ustida tasodifan oʻlim hukmi chiqarilgan 59 nafarning roʻyxati orasida Üzeyir Hacıbəyovning ham ismini koʻradi. Asabiy holatda Narimon Narimonov yoniga borib, ahvolni aytib beradi. Narimon Narimonov muvofiq organlardan ushbu roʻyxatni talab qiladi. Ularni shoshma-shosharlik bilan qaror chiqarishda ayblagan Narimonov bu roʻyxatni yirtib tashlaydi. Narimon Narimonov bastakorga bir muddat Bokudan uzoqlashishni maslahat beradi.

1939-yilda Üzeyir Hacıbəyov qand kasalligiga duchor boʻldi. Uzoq yillar Üzeyir Hacıbəyovning shaxsiy kotibi boʻlib ishlaydigan yaqin qarindoshi Ramazon Xalilovning soʻzlariga koʻra, bastakor bu bemorlikni badnom qoʻshnilari tufayli orttirdi. 1939-yilda Moskvada ittifoq miqyosida milliy musiqa asboblari ijrochilarining musobaqasi oʻtkaziladi. Stalinning koʻrsatmasi bilan hay’atiga Üzeyir Hacıbəyov rahbarlik qilardi. Musobaqa vaqti bastakor qattiq asabiylashadi, tabiatan bosiq inson boʻlgan Uzeyirbey uzoq vaqt oʻziga kelolmaydi: Ozarbayjondan vakillik qilgan ijrochilar orasida armanlar boʻlishiga qaramay, Boku armanlari Uzeyirbey millatchilik qilib, boshqa millatlarni musobaqada ishtirok etishiga qoʻymagani haqida shikoyat qilib Moskvaga maktub yozishadi. 30-yillar uchun bu ayblov juda ogʻir edi. Molotov unga yozilgan arizaga beparvolik bilan qarab, bastakorga joʻnatadi: „Oʻzingiz hal qiling“. Boshdan-oxirigacha boʻhton hisoblangan bu ariza bastakorning asablariga jiddiy ta’sir koʻrsatadi va u qand kasalligiga duchor boʻladi.

Üzeyir Hacıbəyov 1948-yil 22-noyabrda vafot etdi.

Ijodi Publitsistika Üzeyir Hacıbəyov badiiy ijodga publitsistika bilan boshlagan. U „Kaspiy“, „Hayot“, „Irshod“, „Taraqqiy“, „Haqiqat“, „Iqbol“, „Yangi iqbol“ gazetalarida va „Mulla Nasriddin“ jurnalida „Uyoq-buyoqdan“, „Uyon-buyon“ va b. sarlavhalar ostida „U.“, „Falonchi“, „Bahmonkas“ va b. yashirin imzolar bilan davrning muhim ijtimoiy-siyosiy, ma’rifatchilik masalalariga tegishli koʻplab maqola, felyeton va satirik miniaturalar chop ettirganKamal Camalov. Mollanəsrəddinçilərin maarifçilik ideyaları. Bakı: Elm və təhsil, 2015.. „Mulla Nasriddin“ jurnalida Üzeyir Hacıbəyov kulgili imzolardan ham foydalangan: „Ismi bey, oʻzi falonchi“, „Anash qurbaqa“, „Toshbaqa“, „Qotilov“, „Bahmonkas“, „Jin“, „Xoʻja Lala“, „Bizbizak“, „Choʻpon“, „Aqrab“ (ehtimoliy), „Qof“, „Besh“, „Idoradan“, „Soqov bola“, „Bola oʻgʻlon“, „Ortdan boqqan“, „Ortdan quloq solgan“, „Yolgʻonchi“ va b. Kulgi, yumor uning ham inson sifatida tabiatining, ham adabiy ijodining, shu jumladan, publitsistikasining asosiy sifatlaridan biri edi. XX asr boshlarida Ozarbayjon matbuotining yetakchi janrlaridan boʻlgan felyeton Üzeyir Hacıbəyovning ham publitsistik faoliyatida ahamiyatli oʻrin tutardi. Badiiy va publitsist muvozanatni saqlash e’tibori bilan Üzeyir Hacıbəyovning felyetonlari, ocherk va parodiyalari buyuk qimmati boʻlgan asl san’at asarlaridirPaşa Kərimov Üzeyir Hacıbəylinin şəxsi arxivinin təsviri.

Üzeyir Hacıbəyovning boy yumoristik soʻz ustaligi oʻsha vaqtlarda davriy matbuot sahifalarida „Uyoq-buyoqdan“ umumiy sarlavha bilan chop etgan maqolalari alohida oʻrin olgan. Üzeyir Hacıbəyovning „Bozor suhbati“, „Mazhaka“, „Tahsil“ kabi asarlari oshkor tanlangan komponentlari bilan satiric hikoya; „Rafiqimdan maktub“, „Uchinchi dallak“, „Majlisimiz tuzi“, „U, hech!“, „Taraqqiyot va qoloqlik“, „Oʻylayman-u, tushunmayman!“ kabi maqolalari oʻz publitsistik alomatlari, ijtimoiy-siyosiy mazmuni va baddiy qimmati bilan felyetondir. Muallif asarlarida asosan Boku shahar Dumasining noʻnoq deputatlarini sharmanda qiladi, siyosiy darajalariga loyiq emasliklarini namoyishkorona, ochiq tarzda ularning yuziga solidi, faoliyatsiz „glasniylarni“ yaproqsiz daraxtlarga oʻxshatadi. Üzeyir Hacıbəyovning latifali va satiric miniaturalarini (masalan, „Davlat Dumasi“. „Ota va oʻgʻil“, „Moiza“ va b.) buyuk komediografning keyingi sahna asarlariga samarali muqaddima deb hisoblash mumkinƏdəbi irsi / Publisistika və felyetonlar.

Umri davomida Üzeyir Hacıbəyov Ozarbayjon madaniyati, musiqasiga xizmat qilgan shaxs sifatida 300 dan ortiq xalq qoʻshigʻini notaga slogan, marsh, kontata, fantaziya, qoʻshiq va romanslar, kamera va xor asarlarini yozgan. Üzeyir Hacıbəyov ham Ozarbayjon SSR, Ozarbayjon Xalq Jumhuriyati madhiyalarining bastakori boʻlgan.

Operalar 200px|thumbnail|Üzeyir Hacıbəyov, 1913-yil