Husayn Jovid (toʻliq ismi: Hüseyn Abdulla oğlu Rasizadə; tugʻilgan sanasi 24-oktyabr 1882, Naxichevan — oʻlimi 5-dekabr 1941, Shevchenko qishlogʻi, Shevchenko qishlogʻi, Tayshet tumani, İrkutsk viloyati) — Ozarbayjon shoiri, yozuvchisi va dramaturgi. Ozarbayjon adabiyotida romantizm adabiy jarayonining asosiy namoyandasi boʻlgan Husayn Jovid milliy romantik sheʼrlar va lirik tragediyalar asoschisidir.
Hayoti
Husayn Abdulla oʻgʻli Rasizoda 1882-yil 24-oktyabrda Naxichevan viloyatining hozirgi Kangarli tumanining Shohtaxti qishlogʻida dindor oilada tugʻilgan. Boshlangʻich taʼlimini Naxichevanda mulla maktabida, oʻrta taʼlimni M.T.Sidqining „Maktabi-tarbiya“ nomli yangi uslubdagi maktabida olgan (1894-1898). 1899-1903-yillarda Janubiy Ozarbayjonda yashab, Tabrizning „Tolibiya“ madrasasida taʼlimini davom ettirdi. Istanbul Universitetining adabiyot fakultetini tugatdi (1909), Naxichevanda, soʻngra esa Ganja va Tbilisida, 1915-yildan esa Bokuda muallimlik qildi. Husayn Jovid klassik Ozarbayjon adabiyotining eng yaxshi anʼanalarini rivojlantirgan ijodkordir. U XX asr Ozarbayjon rivojlangan romantizmi asoschilaridan biri boʻlganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Husayn Jovid ijodi janr va forma jihatdan boydir. U lirik shoirlarning, lirik-epik, epik poemalarning, Ozarbayjon adabiyotida ilk lirik tragediya va dramalar muallifidir. „Oʻtgan kunlar“ nomli ilk sheʼriy kitobi 1913-yilda chop etildi. Husayn Jovid koʻproq dramaturg sifatida tanilgan. Uning falsafiy va tarixiy tragediyalari, oilaviy-maishiy dramalari uslub, yozish uslubi shakli yangiligi jihatdan Ozarbayjon dramaturgiyasida yangi bosqich yaratganidek, milliy teatr madaniyatining taraqqiyotiga ham kuchli taʼsir koʻrsatgan, „Jovid teatri“ sifatida xarakterlanadi. Dramaturgiyasida davrning umumbashariy, katta ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahamiyatga molik muammolari oʻz aksini topgan.
Ozarbayjon adabiyotida ilk lirik tragediya boʻlgan „Shayx Sanon“ (1914) asarida xalqlarni bir-biriga qovushtirish uchun umumbashariy din gʻoyasini oʻrtaga tashladi. Husayn Jovid bu davrda tadrijiy „haq berilmas, olinar“ gʻoyasiga kelib toʻxtalganOʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Ijodida muhim oʻrin egallagan „Iblis“ (1918) lirik tragediyasida davrning barcha ratsion kuchlari — „Inson insonga boʻri“ falsafasi tarafdorlari, „Yigirmanchi asrning madaniy vahshiylari“ boʻlgan doiralarni Iblis qiyofasida umumiylashtirib, ishgʻolchi urushlarga laʼnat oʻqidi.
1926-yilda muolaja uchun Germaniyaga ketgan va 7 oy Berlinda yashagan Husayn Jovid u yerdan ziyolilarning maʼnaviy iztiroblarini aks ettiruvchi bir qator siyosiy-lirik va lirik-epik sheʼrlar bilan qaytdi.
20-30-yillarda Husayn Jovid bir qator tarixiy dramalar yozgan. „Paygʻambar“ (1922) va „Temurlang“ asarlaridan keyin yozgan „Siyovush“ (1933), „Xayyom“ (1935) tarixiy dramalari Husayn Jovidning tarixga, tarixiy shaxslarga qarashida jiddiy burilish boʻldi.
Janubiy Ozarbayjondagi Ozarbayjonlarning „shahanshohlik“ usuli-idorasi asorati ostida azob tortishi, eng oddiy inson huquqlaridan mahrum qilinishi ham vatanparvar shoir sifatida Husayn Jovidni oʻylantirardi. („Torli soz“ dramasi, 1930; „Koʻr Neyzan“ poemasi, 1930)OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.
Sovetlar Birligida totalitarizmning dahshatli davrida Husayn Jovid sotsializm „yutuqlari“dan yozishni oʻziga ep bilmagan, Stalinni, Ozarbayjon mansabdorlarini madh etishdan oʻzini olib qochgan. Shu sababli ham bu jasur shaxs Sibir muzliklariga, Magadanga surgun qilindi va 1941-yil 5-dekabrda Irkutsk viloyatining Tayshet tumani Shevchenko qishlogʻida vafot etdi.
Ozarbayjon adabiyotining soʻz va fikr zodagonidir. Ichki layoqati ijod idealiga yuqori darajada mos kelardi. Balki bu sanʼat ideali uning ichki layoqatini yillab, oʻn yillab shakllantirgan edi. „Goʻzallik nomiga, sevgi nomiga“ deb yozgan buyuk ijodkor neft quvurlaridan va dengiz qahramonlaridan, dalada ertadan kechgacha mehnat qilgan mehnatkashlardan tarannum etgan sunʼiy misralar sonini orttirmadi. Ozarbayjonning ijodiy fikri bu sunʼiy misralar domida boʻgʻilgan bir vaqtda hayoti evaziga boʻlsa ham Jovid oʻz ijod idealiga xiyonat qilmadi, uni sotmadi. Goʻzallik va sevgi shoiri edi, shunday boʻlib qoldi.
Husayn Jovid qabrining topilishi, jasadining Ozarbayjonga olib kelinishi bilan bogʻliq qaror 300px|right|thumb|Husayn Javidning qabri yonida.
1982-yil 12-oktyabrda Naxichevan Viloyat Partiya Qoʻmitasi Jovid mozorining topilishi, jasadining Ozarbayjonga olib kelinishi bilan bogʻliq qaror qabul qiladi. Haydar Aliyev tashabbusi bilan qabul qilingan bu qaror 14 kun oʻtgach, 26-oktyabrda Ozarbayjonning ijtimoiy-siyosiy hayotida, adabiy muhitida tarixiy voqea sifatida muhrlanadi.
Sovet ideologiyasi va rejimi hokimiyatda boʻlgan bu davrda Naxichevanda qabul qilingan qaror hali biror narsani anglatmasdi. Uning ijrosi uchun Kremlda Brejnevning, Lubyankada DTK raisi Andropovning roziligini olish mutlaq shartlardan biri edi.
Husayn Jovid bilan bogʻliq Moskva muzokaralaridan va kelishuvlardan keyin tarixiy qaror ijrosi Naxichevan Viloyat Partiya Qoʻmitasi kotibi Hamid Jaʼfarovga topshirildi. 35 yildan keyin Hamid Jaʼfarov oʻsha kunlarni xotirlaydi:
"Aynan Haydar Aliyev tashabbusi bilan uzoq Sibirning oyoq yetmas joylaridan Husayn Jovid jasadining tugʻilgan vatani Naxichevanga olib kelinishi uning tarixiy xizmatlaridandir.
1982-yil 3-oktyabrda Haydar Aliyev Naxichevanda safardaligida sharafli ishga qoʻl urdi. 1956-yil 6-martda Ozarbayjon SSR Oliy Mahkamasi buyrugʻi bilan Husayn Jovid oqlangach, jasadining Ozarbayjonga olib kelinishiga bir necha bor harakat qilinsa ham sovet ideologiyasi hukmronlik qilgan SSSR makonida bunday masalaning reallashishi mushkulligidan, sovuq Sibirdagi temir seyflarning ochilishi, „sovsekretno“ hujjatlarning oʻrganilishi, Jovid mozorining oxiri yoʻq Sibirda qidirib topilishi va nihoyat, uning Ozarbayjonga olib kelinishi uchun muvofiq ruhsatlar olinishi oʻsha davrda imkonsiz edi. Lekin Haydar Aliyev barcha imkoniyatlardan foydalangan holda bu masalani hal qilishga erishdi.
Uning koʻrsatmasi bilan 1982-yil 12-oktyabrda Naxichevan Viloyat Partiya Qoʻmitasi Husayn Jovid mozorining topilishi, jasadining Ozarbayjonga olib kelinishi bilan bogʻliq qaror qabul qildi va bu ishning ijrosi Naxichevan Viloyat Partiya Qoʻmitasi kotibi sifatida menga topshirildi. Naxichevan Viloyat Partiya Qoʻmitasi qaroridan soʻng muxtor respublikaning ichki ishlar vazirining sobiq muovini, polkovnik Telmon Aliyev va oʻsha vaqtda SSSRning eng yosh deputati boʻlgan Zokir Nosirov bilan Sibirga joʻnatildik…".
1982-yilda Naxichevan Viloyat Partiya Qoʻmitasi kotibi boʻlgan Hamid Jaʼfarov shunday deydi: "Qaror ijrosi mas’uliyatli va qiyin boʻlsa ham, uning orqasida aynan Haydar Aliyev nomi boʻlgani sababli hech qanday qiyinchilikdan gapirib boʻlmasdi. Bu qarorning ijro etilishiga bilvosita Haydar Aliyevning oʻzi rahbarlik qilardi. Haydar Aliyev „Bakinskiy rabochiy“ gazetasiga bergan intervyusida qayd qilgandiki, u Jovid jasadining uzoq Sibirdan Ozarbayjonga olib kelinishi uchun SSSR day nahang davlatning „birinchi shaxsiga“ — Sov.IKP MK Bosh kotibi Leonid Brejnevga, shuningdek, SSSR Davlat Xavfsizlik Qoʻmitasi raisi Yuriy Andropovga murojaat qilgandi. Bu masalani hal qilish uchun SSSR kabi katta davlat rahbarligi yonida yuksak obroʻga ega boʻlish va uning ruhsatini olish vojib edi. Albatta, bunday davrda bularning barchasini faqat Haydar Aliyev qila olardi. Sibirga safarimizning ilk kunidan boshlab Jovidga tegishli bir qator arxiv hujjatlari oʻrganildi. Aniqlanishicha, Husayn Jovid 1941-yil 5-dekabrda Irkutsk viloyati Tayshet tumani nogironlar kasalxonasida vafot etgan, Shevchenko qishlogʻidagi qabristonga 59-sonli qabrga dafn etilgan. Uch kun keyin esa Sov.IKP Irkutsk Viloyat Partiya Qoʻmitasida uchrashuv vaqti Jovid mozori joyining aniqlanishiga, bu bilan bogʻliq Irkutsk viloyati Tayshet tumani Shevchenko qishlogʻini, 1940-yillarda bu yerda joylashgan 21-sonli koloniyani va nogironlar kasalxonasini bilgan odamlarning topilishiga doir hujjat imzolandi.
Sibirda ekanligida Jovidning „roʻyxatda turgan“ nogironlar uyining 1956-yilda buzib tashlanishi, Sibirning zich oʻrmonlaridagi Shevchenko qishlogʻining yoʻq boʻlib ketishi, u yerda hech kimning yashamasligi haqidagi maʼlumotlar bizni qaygʻuga solgandi. Bizga aytishlaricha, 30 daraja qahratonda u yerlarga boorish imkonsiz hamda xavfli edi. Lekin bu maʼlumotlar bizni yoʻlimizdan qaytara olmasdi. Bizning qayta-qayta talabimiz va istagimizdan soʻng zirhli mashinalar 1982-yil 21-oktyabrda mahalliy aholining „borsa kelmas“ hisoblagan Tayshet shahridan 75 kilomaetr masofada joylashgan Shevchenko qishlogʻiga yoʻl oldi. Bu safarga rasmiy ravishda partiya, huquq-muhofaza, adliya, sogʻliqni saqlash organlarining mas’ul ishchilari qatnashdilar. Barcha umidlar esa 1941-yilda Jovidning „qamoq uyida“ - mehnat lageridagi soqchilar guruhi raisi boʻlib ishlagan 72 yoshli Darafiy Tradyakolda edi. U ishonch bilan bildirdiki, „Shevchenkoda 40 ming kishi dafn etilgan qabriston buzilmagan“. 21-oktyabrda Shevchenko qishlogʻida boʻldik. Qishloq aslida 100 gektarlab hududi boʻlgan qattiq yerli Sibir oʻrmoni edi. Qabriston topildi. Ikki soatlik qidiruvdan soʻng Shevchenko tuman prokurori Yelena Xaritinova 59-sonli qabrni topdi va qabr ochilishi uchun sanksiya imzoladi va nihoyat, Jovidning qabri qazildi…".
Husayn Jovid jasadining Naxichevanga qaytish yoʻnalishi "Oldindan rejalashtirganimizdek, Husayn Jovid Shevchenko-Tayshet-Irkutsk-Moskva-Yerevan-Naxichevan yoʻnalishi bilan tugʻilgan yurtiga „qaytishi“ kerak edi. Irkutskdan Moskvaga uchayotganda stuardessa menga Bokudan kelgan topshiriqni yetkazdi: „Haydar Aliyev koʻrsatmasi bilan siz 26-oktyabrda 861-reys bilan Moskvadan toʻgʻri Bokuga uchishingiz kerak“. Ozarbayjon rahbari Haydar Aliyev topshirigʻi bilan yoʻnalish oʻzgardi. Bu oddiy topshiriq emasdi va taqdir yozuvi edi. Jovid „oyogʻi“ Yerevanga tegmasligi kerak edi, Jovid Bokudan ketgandi, Bokuga qaytishi lozim edi…"
1982-yil 26-oktyabrda Husayn Jovid Moskvadan Bokuga, keyin esa Naxichevanga „uchadi“. Naxichevanda — uyining toʻgʻrisida tuproqqa topshirildi…" .
Ijodi
Sheʼrlari
Husayn Jovid poeziyasi uning romantik sheʼrlaridan va poemalaridan iborat.
Ideal bilan borliq orasidagi ziddiyat, ideal haqiqat izlashga yoʻnaltirilgan xayollardan yaralgan lirik-falsafiy fikrlar Jovid sheʼrining asosiy mazmunini belgilaydi. Shoirning lirik „men“i qaygʻuli, bezovta oʻylar va boy xayollar bilan yashagan faylasuf xarakterli oshiqdir:
H.Jovid badiiy ijodga klassik lirika uslubida yozilgan gʻazallar bilan boshlagani uchun adabiy faoliyatining birinchi davridagi sheʼrlari tilida arab-fors tarkiblariga duch kelinadi. Lekin bunday ifodalar asosan lirikada asrlardan buyon qonuniylashgan „gʻami hijron“, „zulfi yor“, „ahli dard“, „zanjiri zulf“ kabi tushunarli tasvir vositalaridan iborat:
Keyingi yillarda Istanbulda tahsil olishi, turk poeziyasini chuqur oʻrganishi uning sheʼr tilida Onadoʻli shevasiga maxsus ifodalarning faolligini birmuncha orttirgan. Shoirning taʼlim yillari vaqti qalamga olgan „Raqs“, „Pushti chorshaf“, „Uyquda“, „Oh faqat sen“ va boshqa sheʼrlari ham, 1913-yilda Tbilisida nashr qilingan „Oʻtgan kunlar“ sheʼr kitobida toʻplangan boshqa namunalar ham Onadoʻli shevasining muayyan alomatlari koʻrinadi. Lekin Istanbul muhitidan ayrilgach, shoir asarlarida Onadoʻli shevasiga maxsus alomatlar asta-sekin kamaydi, nihoyat, uzoq jarayondan keyin deyarli yoʻq boʻlib ketgan.
Husayn Jovid lirik ijodining ilk bosqichida janr jihatdan anʼanaviy ikki uslublilik oʻzini koʻrsatadi. Shoir ushbu yillarda ham klassik uslubda gʻazallar, ham xalq-oshiq sheʼriyati ruhida qoʻshma va geraylilar yozgan. Bu davr mahsuli boʻlgan „Ket“, „Koʻnglimni“ radifli sheʼrlari, shuningdek, „Barcha joy safoli, baxtli“ sheʼri gʻazal shaklida, „Nozlana-nozlana“ sheʼri esa qoʻshma shaklidadir. „Raqs“, „Uyquda“ va boshqa sheʼrlarida muxammas va musaddaslarning muayyan alomatlari koʻzga tashlanadi.