Yuriy Nikolayevich Aleskerov (1913-yil, 3-fevral, Maxachqala — 1982-yil 24-iyul, Samarqand) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1975), tarix fanlari nomzodi (1941), dotsent (1949), professor (1973). Fargʻona davlat pedagogika institutini tugatgan (1936), Fargʻona va Samarqanddagi oʻrta maxsus bilim yurtlarida oʻqituvchi, Oʻzbekiston davlat universitetining aspiranti (1938—1941). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. 1948-yildan Samarqand Davlat Universitetda ilmiy-pedagogik faoliyatini davom ettirgan, universitet tarix fakulteti kafedra mudiri (1956—1982). Ilmiy ishlari Samarqand tarixi, fuqarolar urushi kabi mavzularga bagʻishlangan. 100 dan ziyod kitob, risola va ilmiy maqolalar muallifi.
Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari Turkum:Oʻzbek tarixchilari Turkum:Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Turkum:1913-yilda tugʻilganlar Turkum:2-martda tugʻilganlar Turkum:1982-yilda vafot etganlar Turkum:24-iyulda vafot etganlar Turkum:Samarqandda vafot etganlar