Armstrong Lui Daniel (1900.4.7, Nyu-Orlean — 1971.6.7, Nyu-York) — afro-amerikalik sozanda (truba), xonanda, aktyor, jaz sanʼati asoschilaridan. Ilk jaz ansambllarining tashkilotchisi va ishtirokchisi. Chikago va Nyu-York jazorkestrlarida qatnashgan. 1947-yil „Lui Armstrongning barcha yulduzlari“ ansamblini tashkil qilib, u bilan birga Yevropa, Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerikada gastrolda boʻlgan. Oʻziga xos ehtirosli va badihagoʻy ijro uslubini yaratgan. Bir necha blyuz va qoʻshiqlar muallifi. Mohir truba ijrochisi sifatida koʻpgina tanlovlarda oliy mukofotlar bilan taqdirlangan. 1938-yildan kinoda suratga tushgan.
Turkum:Amerikalik erkak aktyorlar Turkum:Afroamerikalik erkak aktyorlar Turkum:Amerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Afroamerikalik erkak qoʻshiqchilar Turkum:Qoʻshiqlari Billboard Hot 100 xit-paradida eng yuqori pogʻonaga koʻtarilgan ijrochilar Turkum:Alifbo boʻyicha aktyorlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar