thumb|Hermann Hesse Hermann Karl Hesse — (1877-yil 2 iyul – 1962-yil 9-avgust) olmon-shveyts shoir, yozuvchi va rassom. Hessen Olmoniyaning Svabiyaning Qora oʻrmon hududidagi Calw qishlog'ida tugʻilgan. Uning onasi sababli sheʼriyatga, musiqaga ishtiyoqi baland boʻlgan qolaversa, uning poliglot bobosi Hessega yaxshi taʼsir oʻtkazgan.
Yoshligida u biroz muddat seminariyada tahsil olgan, ammo ruhiy tushkunlikka tushib qolgani sababli bir marta oʻz joniga qasd qilishga uringan va sanatoriyada davolangan. Oxir-oqibat, Hesse gimnaziyani tugatadi va imtihonlarini 1893-yilda toʻliq topshirgan. Keyinchalik, u avtodidakt boʻlib qoladi va ilohiy risolalarga qiziqishi ortadi. Natijada, yunon mifologiyasini, Iogann Volfgang fon Gyoteni, Gottold Efraim Lessingni, Fridrix Shillerni va Fridrix Nitssheni ishtiyoq bilan oʻqiy boshlagan. Uning ilk sheʼriy va nasriy asarlari 1890-yillarda va 1900-yillarning boshlarida nashir qilina boshlangan. Uning ilk romani „Peter Camenzind“ romani 1904-yilda nashr etilgan. 1946-yilda adabiyot boʻyicha Nobel mukofotini olgan.thumb|319x319px|Calwdagi avliyo Nikolas ko'prigida Hessening haykali Uning eng taniqli asari — Siddhartha: Hindcha roman.
Taʼlimi
Hesse Esslingen am Neckardagi kitob doʻkonida shogirdlikni boshlaydi, lekin uch kundan soʻng u yerni tark etgan. Keyin, 1894-yil yozining boshida u Kalvdagi soat minoralari zavodida 14 oy davomida shogirdlik qiladi.
Yozuvchi boʻlishi
1895-yil 17-oktyabrda Hesse Tyubingendagi ilohiyot, filologiya va huquq boʻyicha maxsus toʻplamga ega boʻlgan kitob doʻkonida ishlay boshlaganJ. J. Heckenhauer.. Hessening vazifasi kitoblarni tartibga solish, qadoqlash va arxivlashdan iborat boʻlgan. Har oʻn ikki soatlik ish kuni tugagandan soʻng, Hesse ijod qilishni davom ettirar va yakshanba kunlarini doʻstlar bilan emas, balki kitoblar bilan oʻtkazgan. Hesse avval teologik asarlarni, keyinchalik Gyote, Lessing, Shiller va yunon mifologiyasini oʻrgangan. U Nitssheni 1895-yilda oʻqishni boshlaganFreedman (1978) p. 69. va bu uning koʻpgina romanlariga katta taʼsir koʻrsatganFreedman (1978) p. 111..
Oʻlimi thumb|Berlindagi 'G'oyalar yurishi' nomli yodgorlikda Hessening ismi Umrining soʻnggi yigirma yilida Hesse koʻplab qisqa hikoyalar (asosan bolaligi haqidagi xotiralar) va sheʼrlar (koʻpincha tabiat ularning mavzusi boʻlgan) yozgan. Shuningdek, Hesse yozishdan uzoqlashgani haqida istehzoli asarlar yozgan va koʻp vaqtini akvarelga boʻlgan qiziqishini izlashga sarflagan. Shuningdek, Hesse Nobel mukofoti natijasida olingan doimiy maktublar oqimi bilan mashgʻul boʻlgan. U 1962-yil 9-avgustda 85 yoshida vafot etgan va Gentilino shahridagi SantʼAbbondio qabristoniga dafn qilingan. U yerda uning doʻsti Hugo Ball va dirijyor Bruno Walter ham dafn etilgan.
Mukofotlari 1906: Bauernfeld-Preis 1928: Venadagi Shiller jamgʻarmasining Mejstrik-Preis mukofoti 1936: Gotfrid-Keller-Preis mukofoti 1946: Gyote mukofoti 1946: Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti 1947: Bern universitetining faxriy doktori 1950: Wilhelm Raabe adabiyot mukofoti 1954: Pour le Mérite 1955: Germaniya kitob savdosining Tinchlik mukofoti
Novellalari (1899) Eine Stunde hinter Mitternacht (An Hour after Midnight) (1908) Freunde (1914) In the Old Sun (1916) Schön ist die Jugend (1919) Klein und Wagner (1920) Klingsors letzter Sommer (Klingsor’s Last Summer)
Romanlari (1904) Peter Camenzind (1906) Unterm Rad (Beneath the Wheel shuningdek, The Prodigy nomi bilan ham nashr etilgan) (1910) Gertrud (1914) Roßhalde (1915) Knulp (shuningdek , Three Tales from the Life of Knulp sifatida nashr etilgan) (1919) Demian (Emil Sinclair taxallusi ostida nashr etilgan) (1922) Siddhartha: Hindcha roman (1927) Choʻl boʻrisi (1930) Narziß und Goldmund (Narcissus and Goldmund,shuningdek , „Death and the Lover“ nomi bilan nashr etilgan) (1932) Die Morgenlandfahrt (Journey to the East) (1943) Das Glasperlenspiel (The Glass Bead Game; Magister Ludi nomi bilan ham nashr etilgan)
Qisqa hikoyalar toʻplamlari (1919) Strange News from Another Star (dastlab Märchen nomi bilan nashr etilgan) – 1913-1918 yillar orasida yozilgan (1972) Stories of Five Decades (1899-1948 yillar orasida yozilgan 23 ta hikoya)
Manbalar
Turkum:Alifbo boʻyicha shoirlar Turkum:Adiblar Turkum:Germaniyalik Nobel mukofoti sovrindorlari