250px|thumb Yevgeniy Pavlovich Melnikov (7—oktyabr 1928—yil Buzuluk 26—oktyabr 2010—yil, Toshkent) – Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomi (2005). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1960). Biografiya Yevgeniy Pavlovich Melnikov 1928—yil 7—oktyabrda Buzuluk shahrida tugʻilgan. Uning otasi Pavel Ivanovich Melnikov ruhoniy, savdogar Ivan Ivanovich Melnikovning oʻgʻli boʻlgan. Pavel Melnikov 1932—yilda cherkov yopilgandan keyin hibsga olingan va tez orada otib tashlanganV avtobiografii 1964 goda Ye. P. Melnikov ukazal professiyu otsa „pedagog“ i ego smert v 1929/30 godu bez upominaniya rasstrela..

Oʻsha yili onasi toʻrt yoshli oʻgʻli bilan Samarqandga koʻchib oʻtadi va 1935—yilda vafot etadi. Yevgeniy Melnikov mehribonlik uyiga topshiriladi, 1936—yilda Toshkentda onasining ukasi M. M. Yasenev oilasida, 1937—yildan Buzulukda otasining ukasi A. I. Melnikov oilasida yashagan.

1942—yildan Buzuluk kasb-hunar bilim yurtida oʻqigan, soʻng 1944—1948-yillarda Chelyabinskga evakuatsiya qilingan Kirov zavodida transport ustaxonasida mexanik boʻlib ishlagan. Shu bilan birga, u zavodning Madaniyat uyida rasm chizish toʻgaragiga qatnashdi.

1948—yilda P. P. Benkov asos solgan Samarqand rassomchilik bilim yurtiga oʻqishga kirgan. 1953—yilda texnikumni imtiyozli diplom bilan tugatgan, „Satira Rahimov“ kinoteatrida ishlagan.

1954—1960-yillarda Toshkent teatr va rassomlik instituti rassomlik fakultetida tahsil olgan. Unga A. N. Ostrovskiy R. A. Ahmedov, O. K. Tatevosyan , Y. I. Elizarov , B. I. Urmanche uztozlik qilgan. Shu bilan birga, 1955—yildan SSSR Badiiy fondi Oʻzbekiston boʻlimining badiiy ustaxonalarida ishlagan. 1965—yilda SSSR Rassomlar uyushmasiga qabul qilingan.

1964—1972-yillarda P. P. Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtida dars bergan. 1972—1976-yillarda Respublika musiqa va sanʼat maktab-internatida, Toshkent teatr va rassomchilik instituti rangtasvir fakultetida talabalarga saboq bergan. Uning shogirdlari orasida F. Karimov, Usmonov, N. Chuvaxinlar bor.

1961—yildan respublika, umumittifoq va xalqaro koʻrgazmalarda qatnashgan.

Yevgeniy Melnikov ijodiy merosining asosiy qismini natyurmortlar, portretlar, hayvonlar va landshaft rasmlari tashkil qiladi.

Shaxsiy koʻrgazmalari 1989—yil Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi Badiiy koʻrgazmalar boshqarmasining koʻrgazmalar zalida (Toshkent) 1990—yil Campanile galereyasi (Chikago, AQSh) 2004—yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Zamonaviy sanʼat markazida 2013—yil Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy koʻrgazmalar zalida („Rassom va tabiat“ XXVIII Respublika badiiy koʻrgazmasi doirasida) Melnikov asarlari namoyish etilgan muzeylar: Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Qoraqalpogʻiston davlat sanʼat muzeyi (Nukus), Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy koʻrgazmalar direksiyasi, Urganch sanʼat galereyasi, Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasi Yevgeniy Pavlovich Melnikovning asarlari Rossiya, Fransiya, Germaniya, Gollandiya, Shvetsiya, Malayziya, Qozogʻiston, AQSH, Buyuk Britaniya, Belgiya, Shveysariya, Isroil, Italiya, Turkiya, Gretsiya, Livandagi shaxsiy kolleksiya va galereyalarda saqlanadi.

Sheʼriyat Birinchi sheʼriy asarlarini 1960-yillarning oxirlarida yozgan. 2004-yilda sanʼatshunos Kodzaevaning harakatlari tufayli „Yuzlar va obrazlar“ sheʼriy toʻplami 500 nusxada chop etildi.

Oila Xotini Maxtuma Salimjonova, sharqshunos, qizi Irina rassom Moskvada yashaydi. Vafoti 2010-yil 26-oktyabrda Toshkentda vafot etgan. Mukofotlari Doʻstlik ordeni (1998-yil) Oʻzbekiston xalq rassomi (2005-yil)

Manbalar

Turkum:Oʻzbekiston Respublikasi xalq rassomlari Turkum:1928-yilda tugʻilganlar Turkum:7-oktyabrda tugʻilganlar Turkum:2010-yilda vafot etganlar Turkum:26-oktyabrda vafot etganlar Turkum:Toshkent sanʼat instituti bitiruvchilari Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:Respublika ixtisoslashtirilgan rassomlik maktabi bitiruvchilari