Talip Sport futbol klubi (, Kollej sporti) – Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida joylash professional futbol klubi. Jamoa asoschisi „Sport va turizm milliy universiteti“ hisoblanadi. Klub tashkil etilganidan soʻng 2007-yildan 2014-yilgacha, 7 mavsum davomida Turkmaniston chempionatida ishtirok etgan. Jamoaning uy stadioni 26 000 tomoshabinni sigʻdira oladigan Kopetdogʻ stadioni edi.
Tarix "Talip sports" futbol klubi 2007-yilda Ashxobodda tashkil etilgan boʻlsada bundan oldinroq, 1966-yilda Turkmaniston SSR chempionatida Turkmaniston olimpiya zaxiralari maktabi vakili boʻlgan „UORT“ (Ashxobod) jamoasi tashkil etilgan edi. 1994-yilgi mavsumda jamoa Turkmaniston Birinchi ligasida ishtirok etgan va 1995-yilda esa Turkmaniston Oliy ligasida debyut qilgan. UORT jamoasi rasman tarqatilmagan boʻlsa-da, uzoq vaqt davomida oʻz faoliyatini toʻxtatdi.
2007-yil Olimpiya zaxiralari jamoasining davomchisi sifatida tashkil etilgan klub dastabki mavsumidayoq Turkmaniston chempionatida 4-oʻrinni egallagan. 2008 va 2010-yilgi Turkmaniston kubogining yarim finaliga qadar yetib borgan.
Klub 2010-yilda Turkmaniston futbol federatsiyasining jamoaviy aʼzoligiga toʻliq qabul qilingan. 2010 va 2013-yilgi mavsumlarda jamoa turnir jadvalida soʻnggi oʻrinni egallagan. 2015-yilda klub oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
Manbalar
Havolalar Turkman futboli blogi Turkmanistonda xalqaro futbol
Turkum:Turkmaniston futbol klublari Turkum:Ashxoboddagi futbol klublari Turkum:2007-yilda tashkil etilgan futbol klublari Turkum:2007-yilda Turkmanistonda tashkil etilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbol klublari