Mirrahimov Mirsaid Mirrahimovich () – vrach-terapevt, tibbiyot fanlari doktori, professor, Qirgʻiziston Respublikasi fanlar akademiyasi akademigi, SSRI, Nyu-york tibbiyot fanlari akademiyakari aʼzosi. SSSI oliy soveti deputati. Ijtimoiy mehnat qahramoni. Millati Oʻzbek.

Hayoti Mirsaid Mirrahimov 1927-yilda Frunza (hozirgi Bishkek) shahrida musiqachilar oilasida tavallud topgan. 1934-yili 7 yoshga toʻlganida 1-sinfga borgan. Ota-onasi uni oʻzbek tilida taʼlim beruvchi toʻliq emas oʻrta-taʼlim maktabida oʻqitadilar. Maktab yillaridayoq Mirrahimov oʻz doʻstlaridan ijobiy hislatlari bilan ajralib turgan. Hamma bolalar kabi oʻynoqi boʻlgan emas, yoshligidan kitob oʻqishni yoqtirgan. Maktabda oʻqib yurganda shaxmat oʻynashni oʻrgangan. 1948-yili, 21 yoshida Qirgʻiziston davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. 1955-yilda „Tibbiyot ilmlari doktori“, 1966-yili „professor“, 1974-yili Qirgʻiz SSRi ilmlar akademiyasi Akademiki, 1988-yili SSRI tibbiyot fanlar akademiyasi Akademiki va 1993-yili Markaziy Osiyo kordiologlar assotsatsiyasi direktori lavozimlarini egallagan. 3 farzandning otasi. 2008-yili, 2-oktabrda vafot etgan va Bishkekdagi Ala-Archa mozoriga koʻmilgan.

Qoʻshimcha maʼlumotlar SSRI oliy soveti deputati; Frunza shahar kengashi deputati; Qirgʻiz SSRi Oliy kengash duputati (3 marotaba); Markaziy Osiyo „Tibbiyot“ jurnali bosh direktori; „MDH Kardioligiyas“ jurnali bosh muharrir oʻrinbosari; „Odam biyologiyasi“, „Xemoretseptor“ xalqaro assotsotsiyalari aʼzosi;.

Ijodi 700dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi. Ulardan: 39 monografiya, 63 ilmiy maqola, referatlar va koʻplagan tibbiyoy maqolalari. 19ta kashfiyot muaalifi.

Mukofotlari

1961-yili „Hurmat belgisi“ ordeni (ikki marotaba); 1976-yili „Oktabr revolyutsiyasi“ ordeni; 1977-yili „SSRI sogʻliqni saqlash aʼlocisi“, „QR xalq aʼlochisi“, SSRI oliy soveti toʻrt hurmat gramotasi; SSRI, QR Davlat mukofoti laureati fan va texnika sohasida; 1978-yili Qirgʻiziston Respublikasi Davlat mukofoti laureati; 1981-yili V. I. Lenin ordeni; 1987-yili „Ijtimoiy mehnat qahramoni“ (oltin yulduz) medali. 2000-yil „2000-yil Odami“ (Qirgʻiziston)

Havolalar Mirsaid Mirrahimov , knews.kg Mirsaid Mirrahimov, Geroi strany Mirsaid Mirrahimov, Akademiklar ensiklopediyasi Mirsaid Mirrahimov, Kto ets' kto

Turkum:27-martda tugʻilganlar Turkum:1927-yilda tugʻilganlar Turkum:Bishkekda tugʻilganlar Turkum:2-oktyabrda vafot etganlar Turkum:2008-yilda vafot etganlar Turkum:Bishkekda vafot etganlar Turkum:Qirgʻizistonlik oʻzbeklar Turkum:Sotsialistik Mehnat Qahramonlari Turkum:Tibbiyot fanlari doktorlari Turkum:Lenin ordeni sohiblari Turkum:Oktabr Inqilobi ordeni sohiblari Turkum:Hurmat Belgisi ordeni sohiblari Turkum:Xalqlar doʻstligi ordeni sohiblari Turkum:SSSR Davlat mukofoti laureatlari Turkum:Qirgʻiziston SSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi a’zolari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar