Ahmadboyev Adham Akromovich (, Axmedbaev Adxam Akramovich; 1962-yil 14-fevral, Toshkent) — 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017-yilda Oʻzbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi. Biografiyasi Ichki ishlar idoralaridagi faoliyatini 1984-yilda Toshkent shahar Shayxontohur (sobiq oktyabr) tumani militsiyasida uchastka noziri lavozmidan boshlagan.

1989-yildan 2004-yilgacha Toshkent viloyati va Toshkent shahri Ichki ishlar idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.

2004-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiyasi boshligʻi.

2005-2006 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi.

2006-2011 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2011-2013 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.

2013-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri.

2017-yil 4-yanvardan 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisiOʻzbekiston Respublikasi IIV rahbari oʻzgardi.

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kafedra mudiri.

Oilasi Otasi — Ahmadboyev Akrom Gʻulomovich, Sanoatkontexnazorat raisi boʻlganAhmadboyev. Qudasi Shodiyev Abdukarim Abdurahmonovich — 1999-yildan 2018-yilgacha Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbari boʻlgan. 2018-yil 9-fevralda qamoqqa olingan. Uning keyingi taqdiri jamoatchilikka nomaʼlumAbdukarim Shodiev ushlandi.

Ikki nafar farzandi bor.

Manbalar

Yana qarang Zokir Almatov Bahodir Matlyubov Poʻlat Bobojonov Abdusalom Azizov Muidjon Tohiriy Amaldagi ichki ishlar vazirlari

Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar