Domodedovo xalqaro aeroporti ()  – Rossiyaning Moskva viloyati va Moskva shahrining xalqaro maqomdagi aeroport. 2012-yilga koʻra ushbu aeroport yoʻlovchi tashish boʻyicha Rossiyada eng yirik hisoblanadi. Aeroport Moskva viloyatining Domodedovo okrugi va Ramenskoe rayoni chegarasida, Moskva markazidan 45 kilometr janubi-sharqda joylashgan. Rasmiy nomi – „Moskva Domodedovo“.

Domodedovo aeroporti Dunyoning koʻplab mamlakatlari shaharlari qatori Oʻzbekistonning turli shaharlaridan ham reyslarni qabul qiladi. Bular: Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch, Qarshi, Termiz, Navoiy, Nukus, Andijon, Namangan va Fargʻona shaharlaridir.

Umumiy maʼlumotlar Aeroport majmuasi ikkita mustaqil parallel uchish-qoʻnish yoʻlagidan tashkil topgan aerodromni oʻz ichiga oladi. Ular bir-biridan ikki kilometr uzoqlikda joylashgan boʻlib, bu Domodedovoni Moskva aviatamogʻidagi uchish-qoʻnish yoʻlaklarida bir vaqtning oʻzida uchish va qoʻnish amaliyotlarini bajarishga qodir yagona aeroportga aylantiradi. Ikkala uchish-qoʻnish yoʻlagi ham ICAO CAT IIIA toifasiga muvofiq sertifikatlangan. 1-uchish-qoʻnish yoʻlagining rekonstruksiya qilinishi Domodedovoni Airbus A380 yoʻlovchi laynerini qabul qila oladigan birinchi rus aeroportiga aylantirdi.

Domodedovo aeroportining yoʻlovchi terminali IATA „C“ sertifikatiga ega va Rossiyada birinchi boʻlib ISO 9001:2000 xalqaro sifat standarti boʻyicha sertifikatlangan.

2022-yilda Star Alliance va Oneworld kabi taniqli aviatsiya alyanslari aʼzolari tomonidan Moskvaga parvozlar uchun tanlangan Domodedovo 21,2 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi. Xalqaro tashish segmentida yoʻlovchi tashish 2021-yildagi koʻrsatkichdan 25 foizga oshib, 6 milliondan ortiq sayohatchilarni tashkil etdi.

Moskvadagi umumiy hajmdagi yoʻlovchi tashish boʻyicha aeroportning ulushi 32,3% ni tashkil qiladi. Domodedovo aeroportidan parvozlar 30 ta aviakompaniya tomonidan 80 dan ortiq sayyohlik yoʻnalishlariga amalga oshiriladi: ulardan 49 tasi Rossiyada, 22 tasi qoʻshni mamlakatlarda va 13 tasi MDHdan tashqari mamlakatlarda. Moskva aviatamogʻi uchun faqat Domodedovo aeroportidan sayohat qilish mumkin boʻlgan unikal yoʻnalishlar orasida: Blagoveshchensk, Bratsk, Bugulma, Koʻrgan, Norilsk, Qizil, Sabetta, Tobolsk, Chita, Issiqkoʻl, Kutaisi, Koʻlob, Lankaran, Navoiy, Nukus, Addis–Abeba, Bahrayn, Kasablanka, Kuvayt, Tel–Aviv va Sharja yoʻnalishlari bor.

Domodedovo aeroportining terminal majmuasi UNDER ONE ROOF (Bir tom ostida) meʼmoriy konsepsiyasi doirasida ishlab chiqilgan: yagona terminal aeroportning transfer salohiyatini oshirishga, yoʻlovchilar uchun qulay sharoitlar yaratishga va energiya samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Domodedovo aeroportida 61 yillik faoliyat davomida yoʻlovchilar oqimi 777 million kishidan ortiqni tashkil etdi. Aeroportida 61 yil davomida amalga oshirilgan uchish va qoʻnish operatsiyalari soni 7 milliondan oshdi.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Yoʻlovchi tashish

2022-yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga javoban, koʻplab mamlakatlar Rossiya aviakompaniyalari uchun oʻz havo hududlarini taqiqladi va koʻplab mamlakatlar aviakompaniyalarning Rossiya havo hududiga kirishi va chiqishini taqiqladi. Yevropa Ittifoqi, Shimoliy Amerika, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Norvegiya, Islandiya, Janubiy Koreya, Yaponiya, Tayvan va Singapurning boshqa aviakompaniyalari Domodedovoga parvozlarini nomaʼlum muddatga toʻxtatdi.

Quyidagi aviakompaniyalar Domodedovadan muntazam va charter reyslarni amalga oshiradiMoscow Domodedovo Airport :

Yuk tashish

Statistika + Yillik yoʻlovchi tashish Yillar Yoʻlovchilar soni Oʻzgarishi, % da201022 254 529 201125 701 610 15,5%201228 000 000 9%201330 760 000 10%201433 039 531 7,5%201530 504 515 −7,7%201628 366 800 −7%201730 700 000 7,6%201829 400 000 −4,3%201928 252 337 −4,1%202016 389 427 −42%202125 065 087 52,9%202221 200 000 −15%202319 900 000 −6,1%202415 600 000 −21,6%

Boshqa inshootlari Russian Sky Airlines aviakompaniyasining bosh ofisi aeroport hududida joylashgan edi"World Airline Directory." Flight International. 23–29 March 2004. 66. "East Line Airlines Domodedovo Airport, Domodedovsky district, Moscow". Transaeroning bosh ofisi Domodedova aeroporti joylashgan ediContact us. Transaero Airlines. Retrieved on 11 November. "JSC "Transaero Airlines", Domodedovo airport, Domodedovskiy District, Moscow region, 142015, Russia" – "Связь с нами." – Address in Russian: "142015, Россия, Московская область, Домодедовский район, аэропорт «Домодедово», ОАО «АК «Трансаэро»". Domodedovo Airlines faoliyat koʻrsatganda, uning bosh ofisi aeroport hududida joylashgan edi .

Yer usti transporti Temir yoʻl Aeroport markaziy Moskvadagi Paveletsky temir yoʻl terminaliga xizmat koʻrsatadigan temir yoʻl stansiyasiga ega. 2002-yilda qurib bitkazilgan ushbu temir yoʻl yoʻli orqali 45 daqiqa davom etadigan Aeroekspress poyezdlari qatnaydi; oddiy klass 500 rubl, biznes klass 1 000 rubl turadi. Poyezd Paveletsky terminalida va Verxniye Kotli temir yoʻl stansiyasida toʻxtaydi.

Paveletsky shahar atrofi temir yoʻl liniyasidagi oddiy elektrichkalar 65–70 daqiqa davom etadi va 198 rubl turadi, ammo kun davomida kam qatnaydi.

Avtobus Moskvaga qatnov 308-avtobus, 1185-Aeroekspress avtobusi va tijoriy marshrutkalar (koʻproq qatnovlar) orqali amalga oshiriladi: Moskva metropolitenining Zamoskvoretskaya (#2) liniyasidagi Domodedovskaya bekatigacha. Chipta narxi 170 [Rossiya rubli|rubl]] (taxm. 1,9 AQSh dollari), yoʻl vaqti taxm. 45 daqiqa.

Mahalliy avtobuslar va marshrutkalar 11, 26, 30, 17k, 30k, 47k, 52k yaqin shaharlarga boradi va Domodedovo okrugidagi Paveletsky shahar atrofi temir yoʻl stansiyasiga bogʻlanadi.

999-avtobus janubi-sharq yoʻnalishida qatnab, aeroportni Bronnitsy, Kolomna va Ryazan shaharlari bilan bogʻlaydi.

Avtomobil yoʻli Aeroportda qisqa va uzoq muddatli bir nechta avtoturargohlar mavjud. Terminalga Moskva halqa avtomobil yoʻli va Kashirskoye shossesi tutashgan joydan 22 km (14 mil) uzunlikdagi toʻrt polosali maxsus avtomagistral orqali kiriladi. Yoʻlovchilar litsenziyali taksi, mashina chaqirish uchun mashhur mobil ilovalar yoki P3 avtoturargohida joylashgan karsharing xizmatidan foydalanishlari mumkin.

Baxtsiz hodisalar va falokatlar 1999-yil 5-dekabrda Ilyushin Il-114 samolyotining yuk tashuvchi varianti Domodedovoda sinov parvozi vaqtida halokatga uchradi, natijada besh kishi halok boʻldi, ikki kishi jarohatlandi. 2004-yil 24-avgustda Volga-AviaExpress 1353-reysi va Siberia 1047-reysi bir vaqtning oʻzida qulab tushdi, birinchisida 44 kishi, ikkinchisida 46 kishi, jami 90 kishi halok boʻldi. 2010-yil 22-martda Aviastar-TU 1906-reysini amalga oshirayotgan Tupolev Tu-204 samolyoti Misrning Hurgada shahridan yoʻlovchilarsiz va 8 ekipaji boʻlgan samolyot tumanli ob-havoda qoʻnmoqchi boʻlgan vaqtida aeroportdan 2 kilometr (1,2 milya) uzoqlikdagi oʻrmonga qulab tushdi. Halok boʻlganlar yoʻq, ekipaj halokatga uchragan samolyotdan oʻz-oʻzidan qutulib qolgan, biroq ulardan toʻrt nafari ogʻir yaralangan. 2010-yil 4-dekabrda South East Airlines aviakompaniyasining 372-reysi Domodedovoga favqulodda qoʻnishni amalga oshirdi, natijada ikki kishi halok boʻldi va 56 kishi yaralandi. 2011-yilning 24-yanvarida Domodedovo xalqaro aeroportida xudkushlik hujumi uyushtirilib, 37 kishi halok boʻldi va 173 kishi yaralandi. Buning uchun Kavkaz amirligining chechen jihodiy guruhi javobgarlikni oʻz boʻyniga oldi. 2018-yilning 11-fevralida Saratov aviakompaniyasining 703-reysi, Antonov 148 samolyoti havoga koʻtarilganidan koʻp oʻtmay qulab tushdi, bortdagi barcha 71 kishi halok boʻldi.

Manbalar

Turkum:Moskva viloyati Turkum:Moskva aeroportlari Turkum:1964-yilda tashkil etilgan aeroportlar