thumb|left|Argentina milliy futbol terma jamoasi 1964 thumb|left|Argentina milliy futbol terma jamoasi 2018 Argentina milliy futbol terma jamoasi (ispancha:Selección de fútbol de Argentina) futbol boʻyicha xalqaro musobaqalarda Argentina davlatining shaʼnini himoya qiladi, Argentina Futbol Assotsiatsiyasi (AFA) tomonidan boshqariladi. Uy stadioni Monumental Antonio Vespucio Liberti stadioni hisoblanadi. Hozir terma jamoa bosh murabbiyi Lionel Scaloni.

La Selección (milliy terma jamoa), shuningdek, Albicelestes (koʻk va oqlar) laqabi bilan ham mashhur, 1930-yilgi chempionatda Argentina finalga chiqqan va terma jamoasiga 4-2 hisobida magʻlub boʻlgan edi. Keyin Argentina milliy terma jamoasi 1978-yilgi jahon chempionatida finalga chiqib terma jamoasini 3-1 hisobida magʻlub etib gʻoliblikka erishgan edi. Diego Maradona boshchiligidagi Argentina 1986-yili ham oltin medal sohibiga aylangan edi, oʻshanda finalda Gʻarbiy Olmoniya jamoasini 3-2 hisobida magʻlub etgan edi. Terma jamoaning eng oxirgi finaldagi ishtiroki 1990-yilgi jahon chempionatida boʻlgan edi, oʻshanda Argentina 85-daqiqadagi penalti tufayli Olmoniyaga 1-0 hisobida magʻlub boʻlgan edi. Argentinaning 1978-yili gʻolib boʻlgan paytidagi menejeri César Luis Menotti, 1986-yilda esa Carlos Bilardo edi.

Birinchi qadamlar Argentina terma jamoasi 1901-yilning 16-mayida Urugvay termasi bilan ilk o‘yinni o‘tkazgan va uni 3:2 hisobida o‘z foydasiga hal qilgan. Boshqa versiyaga ko'ra, o'yin 1902-yilning 20-iyulida bo'lib o'tgan va 6:0 hisobida argentinaliklarning g'alabasi bilan yakunlangan. 1928-yilgacha Argentina terma jamoasi faqat Janubiy Amerikada o'ynagan. Jamoa o'z qit'asi tashqarisidagi ilk o'yinni Lissabonda Portugaliya milliy futbol terma jamoasi bilan o'tkazgan (0:0).

Manbalar

Havolalar

Argentina at CONMEBOL Argentina at FIFA Argentina - Club profile | Transfermarkt

Turkum:Janubiy Amerika milliy futbol terma jamoalari Turkum:Argentina Turkum:Milliy futbol terma jamoalari